Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.

Asosiy Cheklovlar:
Xizmat faqat taklifnoma asosida va ma’lum bir hududda (geofencing) mavjud.
Avtomobillarda Tesla xodimlari – “xavfsizlik nazoratchilari” bor, ular favqulodda vaziyatlarda intervensiya qilishi mumkin.
Ba’zi avtomobillarga qo‘shimcha ravishda “kuzatuvchi mashinalar” va masofadan boshqaruv ham qo‘shilgan.
Birinchi Tajribalar:
Dastlabki foydalanuvchilar asosan Tesla muxlislari va influencerlar bo‘lib, ularning sharhlari obyektiv bo‘lmasligi mumkin.
Robotaksi xizmati hozircha 10-20 ta Model Y avtomobillarida ishlaydi, to‘liq avtonom “Cybercar”larni esa 2026-yilgacha kutishga to‘g‘ri keladi.
Ilk safarlar ajoyib silliq va odatiy bo‘lgan, biroq ba’zi foydalanuvchilar robotaksini topishda qiynalganlar: ular hazllashib “Bu Pokemon oviga o‘xshaydi, lekin bu robotaksi ovi” degan fikr aytishdi.
Qiziqarli Detallar:
- Yo‘lovchilar avvalgi Tesla profillari orqali tizimga kirgani uchun, mashina orqa ekranida ularning sevimli musiqalari avtomatik ravishda yangray boshlaudi.
- Elon Musk hazil tariqasida birinchi yo‘l haqini $4.20 (marixuana madaniyatiga ishora) qilib belgiladi.
- Xizmat hozircha faqat Ostinning xavfsiz va soddaroq yo‘llarida, yomg‘irsiz ob-havoda ishlaydi.
Kelajakdagi Rejalar:
- Musk bir necha oy ichida 1000 ta robotaxini yo‘llarga chiqarishni rejalashtirgan, ammo Kaliforniya kabi qattiq tartibga solinadigan shtatlarda ruxsat olish qiyin bo‘lishi mumkin.
- Tesla raqibi Waymo esa allaqachon 1500 dan ortiq avtonom avtomobillarga ega va juda tez suratda yangi shaharlarga yoyilmoqda.
Tesla robotaksi xizmati hali tajriba bosqichida, lekin birinchi izlanishlar umidli. Agar texnologik va qonuniy to‘siqlar yengilsa, yaqin kelajakda avtonom taksilar hayotimizning bir qismiga aylanishi mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



