O‘zbekistonda 5 ming dollarlik elektromobil ishlab chiqarilishi mumkin
Avto
10 oktabr, 13:14
Hozircha texnik qismlari haqida batafsil ma'lumot yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik avtoblogerlardan biri O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin bo‘lgan deyarli tayyor elektromobilni ko‘rsatayotgan videosi paydo bo‘ldi.
Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, mashina o‘lchamlari bo‘yicha Chevrolet Matiz’dan biroz kattaroq, old tomondan esa u Porsche avtomobillariga vizual tarzda o‘xshaydi.
Avtomobil to‘liq tayyor bo‘lgach va tegishli sinovlardan o‘tgandan so‘ng, elektromobilni ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yish mumkin.
Shuningdek, elektromobilning masofasi bir marta quvvatlanganda taxminan 150 kilometr bo‘lishi aytilmoqda.
Uning taxminiy qiymati 5 ming dollarni bo‘ladi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI

Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto