Millioner mashinalar: “qoʻngʻiz avtomobili” qanday mashhurlikka erishgan?

1972-yil 17-fevral kuni Volkswagen oʻzining 15 007 034-sonli “qoʻngʻiz avtomobilini” ishlab chiqardi va dunyo rekordini oʻrnatdi.

Millionlab insonlar uzogʻini yaqin qilgan, davlat siyosati darajasida buyurtma berilgan, umuman olganda, oʻtgan asrning sevimli modeliga aylangan “qoʻngʻizchalar” tarixi 1930-yillar Germaniyasiga borib taqaladi.

1933-yilda Adolf Gitler kansler boʻlganidan soʻng mamlakat boʻylab barcha yoʻllar va transportlarni yangilashga qaror qildi. Gitler rejasiga koʻra, mamlakatda har bir ishlaydigan fuqaro oʻz mashinasiga ega boʻlishi kerak edi. Biroq oʻsha paytda bu statistika 50 kishiga bitta avtomobilni tashkil qilgan, qolganlar velosiped yoki jamoat transportida yurgan.

Oʻsha vaqtda muhandislik bilan shugʻullangan avstriyalik Ferdinand Porsche ommaviy ishlatish uchun qulay, kam yonilgʻi talab qiladigan avtomobil ustida bosh qotirayotgan edi. Keyinchalik nemis kansleri bilan uchrashuvdan soʻng muhandisga hamyonbop va koʻp seriyada ishlab chiqarishga moʻljallangan Volkswagen modelini loyihalash vazifasi topshirildi (Volkswagen nemischada “xalq avtomobili” maʼnosini anglatadi).  

Shu tariqa, 1934-yil 22-iyun kuni Ferdinand Porsche “RDA — Reichsverband der Deutschen Automobilindustrie” (Reyx avtomobil ishlab chiqarish assotsiatsiyasi) bilan “qoʻngʻiz avtomobillari” ishlab chiqarish uchun shartnoma imzoladi.

Ferdinand Porsche Germaniya kansleriga Volkswagen Beetle modelini koʻrsatmoqda. 1935-yil
Ferdinand Porsche Germaniya kansleriga Volkswagen Beetle modelini koʻrsatmoqda. 1935-yil

Volkswagen Beetle dizayni rasman Porschega tegishli boʻlsa-da, mazkur transport koʻrinishi ungacha ham taqdim qilingan edi:

  • 1925-yilda vengriyalik muhandis Bela Bareni “qoʻngʻiz avtomobilga” juda ham oʻxshab ketadigan hamyonbop modelni ishlab chiqqan edi.
  • 1923-yilda esa muhandis-mehanik Yozef Gans ham Porsche modelini ishlab chiqishga ilhomlantirgan avtomobil prototipini loyihalashtirgan.

Germaniyadagi Volkswagen zavodlarida 1938-yilda boshlangan ishlab chiqarish jarayonlari Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan soʻng keng miqyos olgan.

“Bu shunchaki marketing” — ko‘rimsiz avtomobilning millionlab muxlislari

“Qoʻngʻiz avtomobil” 1950-yilda AQShʼga “qoʻndi”, biroq bu yerda uni sovuq kutib olishdi — modelning fashistlar tuzumi bilan bogʻliq “oʻtmishi”, kichik hajmi va yumaloqsimon shakli amerikaliklar didiga “oʻtirmadi”. 

Aynan shu yerda Porsche avtomobili mashhur “qoʻngʻiz” laqabini orttirib oldi.

Vaqt barchasiga davo — oradan koʻp oʻtmay, aniqrogʻi, 1968-yilda Qoʻshma Shtatlar “qoʻngʻiz avtomobillar” uchun asosiy bozorlardan biriga aylandi.  

Xususan, oʻsha yilning o‘zidayoq bu yerda umumiy sotuvning 40%i — 563 522 dona “qoʻngʻizlar” sotilgan. Sotuv oshishiga Doyle Dane Bernbach agentligining “Think small” avtomobillarni sotib olishga chaqiruvchi hazilomuz reklamalari ham sababchi boʻlgan.

Volkswagen va DDB agentligining kollaboratsiyasi muvaffaqiyatli boʻldi, “qoʻngʻiz avtomobillar” reklama kampaniyasini esa “the ad changed advertising”, deb atashgan. Ular hamkorligi yana 50 yil davom etdi.

1998 va 2003-yillarda ishlab chiqarilgan modellar
1998 va 2003-yillarda ishlab chiqarilgan modellar

Avtomobilning mashhurligi ortidan 1968-yili Disney “the Love bug” (“Volkswagen-qoʻngʻiz”) filmini taqdim etdi. Din Jons va Mishel Li ishtirokidagi mazkur filmda Herbi laqabli ajoyib sport mashinasi haqida hikoya qilingan. Filmdagi “mehribon” va koʻplab qobiliyatlarga ega Herbi obrazi keyinchalik navbatdagi syujetlarga asos boʻldi.

Volkswagen 1998-yilda New Beetle modelini taqdim qildi. 60 yillik tarix va 21 million ekzemplyar natija nihoyasida 2003-yil 30-iyul kuni Meksikaning Pueble shahrida soʻnggi “qoʻngʻiz avtomobil” ishlab chiqarildi. 2018-yilda esa kompaniya “qoʻngʻizlarning” ishlab chiqarilishi toʻxtatilganini rasman eʼlon qildi.

Shunday qilib, Genri Fordning Model T avtomobillaridan keyin millionlab seriyada ishlab chiqarilgan “Volkswagen qoʻngʻizlari” xalqona modelligi bilan tarixda qoldi.

1911-yilda ishlab chiqarilgan Model T mashinalari
1911-yilda ishlab chiqarilgan Model T mashinalari
Maʼlumot uchun, 1908-yilda Michigan shtatida taqdim qilingan Genri Fordning Model T mashinalari “dunyoni gʻildiraklarga oʻtqazgan” avtomobillari deb atalgan.

Oʻz davrida mazkur mashina 850 dollarga baholangan va asl qiymati jihatidan anchayin hamyonbop hisoblangan. 1927-yilgacha ishlab chiqarilgan Tʼsimon mashinalar jami 15 million seriyada taqdim qilingan.

“Qoʻngʻiz avtomobil” haqida aytar ekanmiz, uning ilk televizion reklamasi (1964-yil) ham alohida eʼtiborga molik: zamonaviy reklamalardagi kabi hasham va turli obrazlardan yiroq sodda uslubdagi reklamada mijoz koʻnglidan qulayligi, koʻrinishi, jajjiligi bilan joy oluvchi model obrazini koʻrishimiz mumkin:

"Hech kim mukammal emas"

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04