Mashhurlarning noodatiy va qimmatbaho mashinalari

2 mln dollarlik kolleksiyadan tortib golf maydoni uchun sotib olingan superkarlargacha — mashhur kishilarga tegishli transport vositalari haqida nimalarni bilasiz?

Yirik avtomobil kompaniyalarining yulduzlar va mashhur kishilar uchun maxsus transport modellarini ishlab chiqishi haqida eshitganmiz. Bundan ancha oldin General Motors Amerikaning eng yirik yulduzlaridan biri bilan hamkorlikda biodizel superkarini yaratgan edi.

Lionel Messi

Argentinalik hujumchining kolleksiyasida “kamtarona” Lexus RX-dan tortib eksklyuziv Pagani Zonda Tricoloregacha boʻlgan oʻndan ortiq avtomobillar bor boʻlib, ularning umumiy narxi ikki million dollardan kam emas. 

Ammo bu modellarning barchasi Serxio Scaglietti tomonidan yaratilgan kuzovli Ferrari 355 S Spider oldida hech narsa emas. Bu — bor-yoʻgʻi toʻrt nusxada ishlab chiqilgan sof poyga mashinasi. 4,0 litrli V12 dvigateli 390 ot kuchiga ega, soatiga 300 km dan ortiq tezlikka chiqadigan model oʻzi ishlab chiqilgan 1957-yil uchun juda yaxshi koʻrsatkich hisoblanadi.

Ehtimol, mazkur modelning futbol yulduzi tomonidan 2016-yilda Artcurial auksionida sotib olinishi uni keyinchalik tarixdagi eng qimmat poyga mashinasiga aylantirgan, hozirda  narxi 36 million dollarga baholanadi. Ferrari 355 S Spider tarixi, Messidan tashqari Stirling Moss, Volfgang fon Trips, Moris Trintignant va Mayk Xotorn kabi afsonalar bilan bogʻlangan.

Krishtianu Ronaldu

Bu tarixdagi eng eksklyuziv va qimmat Bugatti modellaridan biri: Centodieci modeli roppa-rosa oʻn nusxada ishlab chiqilgan, ularning har biri uchun mijozlar rasmiy premyera boʻlguniga qadar kamida 10 million dollar toʻlagan. Ushbu mijozlardan biri Portugaliya terma jamoasi sardori hisoblanadi va uning mashinalar kolleksiyasini arab shayxlari kolleksiyalari bilan taqqoslansa boʻladi. Ronaldo hozirda bir nechta Bugatti, Ferrari, Rolls-Royce, Maserati, Mercedes-Benz va Bentley kabilardan iborat “kamtarona” garajga egalik qiladi.

Centodieciʼga kelsak, bu Bugatti tomonidan kompaniyaning 110 yillik yubeleyi munosabati bilan taqdim qilingan. Aslida, centodieci italyancha “bir yuz oʻn” degan maʼnoni anglatadi. U standart, ajoyib 1600 ot kuchidagi W16 dvigateliga ega Bugatti Chiron kupesiga asoslangan, ammo barcha kuzov panellari yangi va uslubi 1991-yildagi EB110 modelidan ilhomlanib qilingan.

Ilon Mask

Tesla rahbari mashinalar va barcha turdagi transportlarni yaxshi koʻradi. Dunyoning eng boy odamining oʻz floti borligi ham ajablanarli emas. Ilon Mask baʼzi mashinalarni boshqaradi, boshqalari esa shunchaki qiymati tufayli kolleksiyasidan joy olgan.

Ular orasida 1977-yilda Jeyms Bond tomonidan “Meni sevgan josus” filmida haydalgan Maskning Lotus Esprit suv osti kemasi ham bor. Mask uni 1 million dollarga sotib olgan.

Opa-singil Kardashyan-Jenner

Boy oilada sovgʻalar ham oʻziga xos boʻlishi tabiiy. Masalan, Kris Jenner oʻz farzandlari uchun birdaniga oltita elektromobil sotib olishga qurbi yetadi. Yangi yil bayramidan oldin u Kardashyan-Jennerning besh qizi va oʻgʻli Robert Kardashianga mashina sovgʻa qilgan. Bunday elektromobillar golf maydonlari atrofida sayohat qilish uchun moʻljallangan — albatta boylarning qiziqishlari uchun mos tuhfa.

Kim Kardashyan instagramida oʻzining “avtopark”ni tez-tez koʻrsatib turadi. Va har bir opa-singilning kolleksiyasida bunday mashinalar qanchani tashkil qilishi esa, albatta qiziq.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04