Ikki g‘ildirakli elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha River hind startapi $15 mln jalb qildi

Ikki g‘ildirakli elektrik harakatlanish vositasi sinov davomida 100 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi.

Joriy yilning fevral oyida o‘zining dastlabki ikki g‘ildirakli EVsini taqdim etgan elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha River hind startapi Al Futtaim Group (Dubay) kompaniyasi rahbarlik qilayotgan moliyalashtirish raundi doirasida $15 mln oldi.

Investisiyalarning navbatdagi raundi tufayli River Edelweiss va SoftBank qo‘llab-quvvatlayotgan Ather Energy va Ola kabi kompaniyalar bilan “bellashish”ni chamalayapti. Ularning eng asosiy investorlari orasida Hero MotoCorp., Tiger Global va Caladium Investmentlar bor.

Moliyalashtirish raundida  Riverning amaldagi investorlari -  Toyota Ventures, Lowercarbon Capital, Trucks VC va Maniv Mobility ham ishtirok etadi. Investorlarning so‘nggi harakatlari ortidan startap 2022 yil iyulda e’lon qilingan A toifasidagi raundda $11 mln va 2021 yil martdagi  qo‘llab-quvvatlash (Seed-raund) raundida qo‘lga kiritgan $2 mlnni qo‘shib hisoblaganda, jami $28 mln jalb qildi.

2021 yil martda Vipin Jorj va Aravind Mani tomonidan tuzilgan River kompaniyasi elektromobillar bozorini innovasion texnologiyalar va o‘zining ikki g‘ildirakli EVlarining ajralib turadigan dizayni bilan lol qoldirishni maqsad qilib qo‘ygan, deb xabar beradi Tech Crunch.

Startapning birinchi mahsuloti Indie 20 oy davomidagi ishlanmalar va tadqiqotlar natijasi bo‘lgandi. Ikki  g‘ildirakli elektrik harakatlanish vositasi sinov davomida 100 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi.

Ather Energy, Ola Electric va River kompaniyasining Indielari zamonaviy elektroskuterlardan farqli ravishda, 12 dyumli g‘ildiraklar o‘rniga 14 dyumli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Ikki rangli tusga ega, ikki g‘ildirakli EVga to‘qnashishlardan himoya va qulaylik hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun old oyoq qo‘ygichlar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, u  qulfi bor 12 litr hajmli qo‘lqop qutisi, USB-quvvatlantirish moslamasi va o‘rindiq ostida 43 litr hajmli narsa saqlanadigan joy bilan jihozlangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47