GM oʻzini oʻzi tozalaydigan sensorli ekranlarni ixtiro qildi

Sensorli ekranlarning eng katta minus tarafi — ularning barmoq izi tufayli tez xiralashib, tozalashga to‘g‘ri kelishida. Ammo bu vaziyat tez orada oʻtmishda qolishi mumkin.

General Motors

Bizga yoqsa ham, yoqmasa ham, avtomobillardagi knopka-tugmalar o‘rnini bosuvchi sensorli ekranlar tez orada yo‘qolmaydi. Doimo barmoq izlari bilan qoplanib ketadigan, tinimsiz  artib turishingizga to‘g‘ri keladigan ekranlar foydalanuvchilar kundalik muammolaridan biri boʻlib kelgan. General Motors oʻzini oʻzi tozalaydigan yangi ekran dizaynini patentladi.

Darhol avtomobil asboblar panelidan mikrofiber ushlab olgan robot qoʻli chiqib ekran artishini tasavvur qilmang. GM tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot ancha aqlli va ixcham.

Yangilangan ekranlar qizil, yashil va ko‘k piksellarga qo‘shimcha ravishda binafsha rangli pikselni ham qo‘shib, ultrabinafsha nurlar kabi ekran rangiga va tasvirlarga ta’sir qilmaslik uchun inson ko‘ziga ko‘rinmas bo‘ladi. Sensorli ekran, shuningdek, kimyoviy reaksiyaga sabab boʻlish uchun ma'lum bir toʻlqin uzunligidagi yorugʻlikni yutish uchun moʻljallangan fotokatalitik ekran qoplamasidan foydalanadi. GM patenti ultrabinafsha quyosh nuriga ta'sir qiladigan metall oksidi fotokatalizatoridan foydalanishni taklif qiladi, ammo koʻplab avtomobillarni tonirovkasi borligi uchun, fotokatalizator reaksiyasi oʻrniga binafsha rangli piksellar tomonidan tiklanadi.

Xohlagan vaqtingizda tozalov funksiyasini yoqasiz va u ishga tushadi. Binafsha rangli piksellar yonadi va havodagi namlikdan foydalanib fotokatalizatorni faollashtiradi. Reaksiya toʻxtab, hamma narsa quriganida, bu yogʻli dogʻlar va barmoq izlari shamolda chang kabi yoʻq boʻlib ketadi.

GM avtomobillarida oʻzini o‘zi tozalaydigan sensorli ekranlar opsiyasi qachon ishga tushishi noaniq. Hozirda texnologiya patent holatida. Umid qilamizki, bu gʻoya haqiqatan ham amalga oshadi, chunki oʻzini o‘zi tozalaydigan sensorli ekranlar nafaqat avtomobillar, balki koʻplab qurilmalar uchun ajoyib va qulay oʻzgarish boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23