Bolalar va kattalar uchun mitti elektromobillar — Microlino sotuvga chiqarildi

Microlino shveysariyaning Micro Mobility Systems kompaniyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, kompaniya bungacha skuter va samokatlar tayyorlash bilan shugʻullanib kelgan.

Ilk mitti Microlino elektromobili 2016-yilda namoyish qilingan boʻlsa-da, sotuvga 2022-yilga kelib chiqarildi. Noodatiy avtomobilning paydo boʻlishida muhandislar 1955-1962-yillarda ishlab chiqilgan BMW Isetta afsonaviy mashinasidan ilhomlanilgan. 

“Mittivoyning” oʻlchamlari 2430x1500x1450 mm ni tashkil qiladi. Ogʻirligi batareyasining sigʻimi va umumiy komplektatsiyasidan kelib chiqib 496, 513 yoki 530 g boʻlishi mumkin. Zaxira masofasi 95, 175 yoki 230 km. Yevropa standartlariga koʻra, Microlino kvadratsikl hisoblanadi, misol uchun unga oʻxshash Citroen Ami ham aynan shunday ataladi. Mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi va uni 14 yoshdan boshlab boshqarish mumkin, bunda eng yuqori tezlik cheklovi 45 km/soatdan oshmasligi kerak.

Kattaroq versiyalari uchun ham haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi hamda tezlikni 90 km/soatgacha oshirish mumkin.

Model 3 ta versiyada taqdim etiladi, bular Urban, Dolce va Competizione.

Mitti elektromobilning oʻziga xos jihatlari:

  • Eshik va yon oyna bitta;
  • oynaga joylashtirilgan faralar;
  • suriladigan panorama tomi;
  • 230 l hajmdagi bagaj;
  • 220 Voltlik tarmoqdan bor-yoʻgʻi 4 soatda zaryadlash imkoniyati bor.

Shuningdek, elektromobilda media tizim yoʻq. Buning oʻrniga Bluetooth kolonkasi bor smartfondan foydalanish tavsiya etiladi.

Boshlangʻich narxi ishlab chiqilganidan beri oʻzgarmagan, yaʼni €12 500 (152 708 389 soʻm). Kompaniya yiliga 7500 ta Microlino ishlab chiqishga tayyor, oldindan tushgan buyurtmalar esa 24 mingtani tashkil qilmoqda.

Quyida siz mazkur mitti elektromobilning Shveysariya koʻchalarida yurganini koʻrishingiz mumkin:

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47