Eng hamyonbop Chery krossoveri yangilangan ko‘rinishda chiqarildi

Avtomobil qaytadan zamonaviy jihozlandi.

Qaytadan modellashtirilgan Chery Tiggo 3x optika, bamperlar, balon arkalaridagi qoplamalari, radiator panjarasi dizayni va bagajnikida o‘zgarishlarga ega boʻldi. Dizayndagi ushbu oʻzgarishlarning barchasi modelga yanada zamonaviy koʻrinish bergan.

Biroq, ichki oʻzgarishlar nisbatan oddiy: oʻsha-oʻsha kichik multimedia sensorli ekran, virtual “boshqaruv paneli” yoʻq, iqlim nazorati ham unchalik oʻzgarmagan, deyiladi Carsweek nashri xabarida.

Ammo asosiy konfiguratsiyada hali ham kruiz nazorati va anʼanaviy konditsioner mavjud. Byudjet sinfidagi modellar salonlarida jihozlardagi farqlarni ham sezish mumkin.

Turbo dvigatellar bilan taʼminlanishi mumkin boʻlgan boshqa Chery modellaridan farqli oʻlaroq, Tiggo 3x besh pogʻonali mexanik yoki CVT bilan birgalikda ishlaydigan 1,5 litrli atmosfera, 116 ot kuchiga ega.

Oldinroq Oʻzbekistonda Chery Tiggo 4 Pro yangi versiyasi taqdim etilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47