Elektromobil ishqibozlari uchun Tesla yangi toʻq olcharang Y modeli taqdim etildi (video)

2022-yil oktyabrda Tesla kumushrang va olcharangli modellar (bu ranglar faqat Tesla Y modellarida mavjud) eʼlon qilingan edi, endi esa ularni seriyali ishlab chiqarish va yetkazib berish boshlandi.

“Ranglari boʻyicha eng bozori chaqqon” ushbu modellar Germaniyaning Berlin yaqinidagi Tesla Giga Berlin-Brandenburg zavodida, asosan Yevropa va Yaqin sharq uchun ishlab chiqariladi.

Germaniyada Tesla uchun 5 xil rang mavjud:

  • Marvarid oq rang — standart
  • Tim qora — 1,345$
  • Kumushrang — 3,363$
  • Yorqin koʻk (elektr rang) — 1,793$
  • Toʻq olcharang — 3,587$

Tesla mijozlari va ishqibozlari tomonidan qoʻyilgan video va suratlar orqali koʻrishimiz mumkinki, yangi Y modeli oʻz rangi va tim qora balonlari bilan haqiqatan jozibali koʻrinadi. Shuningdek avtomobil panelida hech qanday boʻshliqlar va muammo yoʻq.

Maʼlum boʻlishicha, avtomobil rangi tasavvur qilgandan-da qoraroq koʻrinadi, lekin bu unga qaysi burchak va yorugʻlik orqali qarashga ham bogʻliq, baʼzi hollarda u butunlay qop-qora boʻlib ham tuyulishi mumkin.

Avvalroq Giglink.uz saytiga haydovchisiz boshqariladigan mashina va politsiyachi oʻrtasida kulgili toʻqnashuv videosi joylangandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23