Chevrolet Tracker halokatga chidamlilik testidan oʻtkazildi (video)

Chevrolet Tracker avtomobili Lotin NCAP krash-testida eng yuqori ball oldi. Mazkur sinov Braziliya modelida oʻtkazilgan boʻlib, oʻzbekcha variant ham xuddi shunday natijalarni koʻrsatishi kerak, chunki transport vositalarining dizayni va jihozlari bir xil.

Chevrolet Tracker halokat sinovi natijalari

  • Toʻgʻridan toʻqnashuv — 5 ⭐️
  • Yondan toʻqnashuv — 5 ⭐️
  • Ustunga yon tomon bilan urilganda — 4 ⭐️
  • Bolalar oʻrindigʻida bolalarni himoya qilish — 5 ⭐️
  • Orqadan zarba — 4⭐️
Sinov natijasida mashina umumiy 5 yulduzga baholandi.

Haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi reytingi boʻyicha avtomobil 40 balldan 36,43 ball (91%) toʻpladi.

Bolani bolalar oʻrindigʻida himoya qilish uchun mashina 49 balldan 45 ball oldi (92%). Bundan tashqari, bolani himoya qilish uchun toʻgʻri oʻrnatilgan stulda mashina maksimal ball toʻplaydi, ammo bu borada mijozlar uchun maxsus koʻrsatmalar berilmasligi sababli baholashdan 4 ball olib tashlandi.

Maʼlumot uchun, Chevrolet Tracker UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan eng xavfsiz avtomobil hisoblanar ekan.

Old toʻqnashuv: 16 balldan 15 ball

Deformatsiyalanadigan toʻsiq va 40% bir-biriga yopishgan old toʻqnashuvda Chevrolet Tracker haydovchi va yoʻlovchi uchun bosh hamda boʻyinni yaxshi himoya qildi.

Xavfsizlik yostiqchasi va xavfsizlik kamarlarini ushlash moslamalari haydovchining koʻksini yetarli darajada himoya qiladi.

Haydovchining tizzalari sariq zonaga tushgan, chunki ular panel orqasida xavfli tuzilmalar bilan toʻqnashishi mumkin va mashinada tizza uchun maxsus havo yostigʻi yoʻq. Shu bilan birga, yoʻlovchining tizzalari yaxshi himoyalangan.

Mazkur ikkala manekenning oyoqlari oʻrta darajada himoyalangan. Oyoq zonasi va umuman tanasi barqaror deb baholandi, ortiqcha zarar boʻlmadi.

Yondan zarba — 16 balldan 14,3 ball

Yon xavfsizlik yostiqchasi va pardalari tufayli Chevrolet Tracker avtomobil bilan yonma-yon toʻqnashuvda bosh, qorin va tos boʻshligʻini yaxshi himoya qildi.

Ammo soatiga 29 km tezlikda ustun bilan toʻqnashuvda maneken koʻkragi minimal himoyaga ega boʻldi va juda koʻp aziyat chekdi.

Orqadan boʻlgan toʻqnashuvda umurtqa pogʻonasini yaxshi himoya qildi. 

Avtomobil bilan yondan to‘qnashganda/Ustunga yon tomondan urilganda
Avtomobil bilan yondan to‘qnashganda/Ustunga yon tomondan urilganda

Bolalar oʻrindigʻida bolalarni aʼlo darajada himoya qildi

Chevrolet Tracker ISOFIX moslamalari bilan jihozlangan. Bolalar oʻrindiqlarini toʻgʻri ishlatish bilan avtomobil old tomondan ham, yon tomondan ham toʻqnashuv paytida bolani mukammal himoya qiladi.

Xulosa

Oʻzbekistonda ishlab chiqarish jarayonida General Motors kompaniyasining texnologik jarayonlari va standartlari buzilishi kuzatilmasa, Chevrolet Tracker UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan eng xavfsiz avtomobil hisoblanadi.

Bunday yuqori xavfsizlik parametrlarini taʼminlash uchun haydovchi va yoʻlovchilar ham maxsus kamarlardan doimo foydalanishi lozim.

Xavfsizlik yostigʻi faqat xavfsizlik kamarini bogʻlaganda ochiladi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, juda koʻp tarqalgan kamarni mustahkamlash instrumenti (заглушка) fojiali oqibatlarga olib keladi — bunda haydovchi xavfsizlik yostigʻiga qoʻqqisdan urilishi natijasida boʻynini sindirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda Onix va Tracker sotuvi to‘xtatilgan va UzAuto Motors bu modellar yangilanishini maʼlum qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47