Chery kompaniyasi Chevrolet Spark narxida super-krossoverni taqdim qildi

Cheryʼning xabar berishicha, Xitoyda yangi Chery Tiggo 3x krossoveri 8500 dollar turadi.

Avtomobilning eksport nomi — Omoda 3 bo‘lib, tashqi koʻrinishiga qaytadan zamonaviy ishlov berilgan.

Endi u kattaroq va koʻproq statusli panjaraga ega, shuningdek, orqa chiroqlarning dizayni ham sezilarli o‘zgargan. CarsWeek maʼlumotlariga koʻra, uzunlik 4200 mm, oʻq masofasi esa 2555 mm. Tiggo 4 Pro bilan solishtirganda, Tiggo 3x120 mm ga qisqaroq.

Kapot ostida 116 ot kuchiga ega atmosfera dvigateli joylashgan. U boshlangʻich konfiguratsiyadagi mexanika bilan birlashtirilgan va yuqori versiyada variator olish mumkin.

Lekin asosiy versiyada uncha koʻp opsiyalar yoʻq. Ikkita havo yostigʻi, toʻqqiz dyuymli ekranli bosh blok va audio tizim uchun ikkita dinamik mavjud.

Avvalroq Yevrosiyoda eng koʻp xarid qilinadigan TOP 10 ta avtomobil reytingi e’lon qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07