Birinchi turk elektromobili Tesla’dan ham qimmatligi sababi nimada?
Turkiyaning Togg T10X deb nomlangan ilk elektromobiliga buyurtmalar qabul qilish boshlandi. Uning ko‘rinishi Tesla Model Y’ga o‘xshaydi, ammo narxi undan qimmatroq.

Tesla Model Y va turklarning Togg T10X mashinalari o‘lchamini solishtiradigan bo‘lsak, amerikaliklar elektromobili nisbatan kattaroq ekanini payqash mumkin:
- Togg T10X — 4599 x 1886 x 1676 mm, g‘ildiragi 2890 mm.
- Tesla Model Y — 4751 x 1920 x 1624 mm, g‘ildirak bazasi 2891 mm.
Togg T10X’ning bak hajmi 441 litrni tashkil qiladi (ikkinchi qatorni qo‘shganda: 1515 litrgacha oshadi).

Turk elektromobilining 314 km quvvat zaxirasi va 218 ot kuchiga ega bitta motorli asosiy versiyasi narxi 52 700 dollar. 435 ot kuchiga ega ikkita motorli, 520 km quvvat zaxirasi ega to‘liq seriyasi esa 64 000 dollarga baxolanmoqda (kuzda sotuvga chiqariladi).

Tesla Model Y’ga kelsak, taxminan 530 km masofani bosib o‘tuvchi to‘liq g‘ildirakli versiya narxi 54 990 dollar (+ avtomobil uchun 7500 dollargacha federal subsidiya olinadi, jami: 62 490$).

“Ilk kunlardanoq biz mualliflik huquqi Turkiyaning Togg brendiga mutlaqo tegishli bo‘lgan, global raqobatbardosh texnologik brendni yaratish, istalgan kishi foydalanishi mumkin bo'lgan va ishlab chiqa oladigan aqlli qurilmalarimiz hamda raqamli mahsulotlarimiz ekotizimini qurishni maqsad qilganmiz. Bu ekotizim markazida iste’molchi turadi”, Togg bosh direktori Gurkan Karakash (carscoops.com).



Avvalroq, Oʻzbekistonda Tesla elektromobillarini ijaraga olish yo‘llari haqida ma’lum qilgandik:
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



