Midjourney vaqtincha barcha foydalanuvchilarga veb-interfeysdan bepul foydalanish imkoniyatini yaratdi.

Midjourney rasm yaratuvchi sun'iy intellekt generatori bilan tanilgan, mahsulotining yangi veb-versiyasini ishga tushirdi va endi u barcha foydalanuvchilar uchun ochiq.

Oldin Midjourney yordamida rasm yaratish faqat Discord platformasidagi rasmiy server orqali amalga oshirilgan. Endi yangi veb-versiya foydalanuvchilarga matn asosida rasmlar yaratishga, shuningdek, mavjud rasmlarni tahrirlash imkoniyatini beradi, masalan, ularga apskeyler yordamida sifat qo‘shishga imkon beradi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar boshqa odamlar tomonidan yaratilgan rasmlarni ko‘rib chiqish va ularni baholash imkoniyatiga ham ega.

Midjourney veb-versiyasidan foydalanish uchun avvalo saytda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Veb-interfeysning ishga tushirilganligi munosabati bilan kompaniya vaqtinchalik bepul kirish imkoniyatini yaratdi, bu esa yangi foydalanuvchilarga taxminan 25ta rasmni hech qanday to‘lov talab qilmasdan yaratishga imkon beradi. (Bu bepul limit tugagach, sinov muddati bekor qilinmaguncha yangi hisob ochish orqali bu jarayonni davom ettirish mumkin).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51