Navbatdagi zilzila qachon bo‘ladi? — iOS va Android telefonlari uchun zilziladan ogohlantiruvchi ilovalar

Bundan bir oz muddat oldin Oʻzbekiston boʻylab 5,5-4 daraja atrofida zilzila sodir boʻldi. Kishilarda yetarlicha vahima paydo qilgan mazkur favqulodda hodisa sodir boʻlishidan bir necha soniya oldin Android telefoni foydalanuvchilari bu haqida ogohlantirildi. Biroq iPhone foydalanuvchilari esa zilziladan oʻsha-oʻsha — lampochka qimirlashi orqali xabardor boʻldi xolos.

Giglink mazkur holatni oʻrgangan holda Android va iOS operatsion tizimlaridagi telefonlarda favqulodda holatlar uchun bildirishnomalarni yoqish borasida tavsiyalar beradi. 

Ayfonchilarga oldindan shuni maʼlum qilamizki, iPhoneʼningizni tashlab yuborishga shoshilmangda maqolani oxirigacha oʻqing. 

Yer qimirlashini sezgan zahotingiz mavjud ballni bilish uchun Google qidiruv saytiga kirib “[shahringiz nomi] zilzila” deb izlashingiz mumkin, bunda qidiruvni rus (“землетрясение в [shahar yoki hududingiz nomi]“) yoki ingliz (“earthquake in [shahringiz yoki hududingiz nomi]“) tilida kiritishingiz mumkin.

Android

Aslida barcha operatsion tizimlar tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar, COVID-9, hukumat eʼlon qilgan favqulodda holatlarda avtomatik ravishda maʼlum qilishi lozim.

Misol tariqasida, Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari zilzila sodir bo‘lgan zahoti o‘zlarining yoki yaqinlarining Android telefonlariga kelgan ogohlantirishlar haqida muhokama qilishdi.

Lekin buni qarangki, Android telefonlarida mazkur funksiya nisbatan yaxshiroq ishlar ekan. Yaxshi tarafi: bunday bildirishnomalar smartfon egasining qaysi davlatda boʻlishidan qatʼiy nazar yetkazilishi mumkin. 

Bunda xabar vaqti bir necha soniyaga farq qilishi, telefon egasi “omadi kelmagan” holatlarda esa funksiya ishlamasligi ham mumkin ekan. 

Demak, maksimal ravishda himoyalanish uchun quyidagi choralarni koʻrib chiqamiz: 

Demak, telefonda zilzila haqida bildirishnomalarni yoqish uchun:

  • Sozlamalarga kiring.
  • Безопасность и экстренные случаи > Оповещения о землетрясениях (Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar > Zilzila haqida ogohlantirish)ni tanlang

Agar yuqoridagi punkt sizda chiqmagan boʻlsa, Местоположение  > Дополнительно > Оповещения о землетрясениях (Joylashuv > Batafsil > Zilzila haqida ogohlantirishlar) ketma-ketligini bajaring. 

  • Оповещения о землетрясениях (Zilzila haqida ogohlantirishlar)ni yoqing. 

Baʼzi hollarda sizga zilzila haqida xabar kelishi va telefoningiz baland ovozda xabardor qilishi, biroq siz hech qanday zilzilani sezmasligingiz ham mumkin.

Maxsus ilovalar

Earthquake Network (andriod)

Ilovada qayd etilishicha, u “smartfoningiz orqali real vaqtda zilzila haqida ogohlantirishlar” beradi. Bundan tashqari, ilovada reklama va pullik kontent ham mavjud. Ilova besh milliondan ortiq yuklab olingan.

iOS

Afsuski iOS operatsion tizimidagi Amber Alerts funksiyasi barcha hududlarda ham ishlamaydi, shu sababli agar siz mazkur knopkani “ayfon” telefoningizda topolmayotgan boʻlsangiz, uni darhol Androidʼda alishtirishga shoshilmang. Buning oʻrniga maxsus ilovalardan foydalanishingiz mumkin.

Demak, bir nechta dunyo boʻylab mashhur hamda nisbatan ishonchli dasturlar: 

Earthquake 

“Zilzila” ilovasi uch milliondan ortiq yuklab olingan va Apple Watch bilan ham ishlaydi. Ilova butun dunyo boʻylab zilzilalarni kuzatib boradi va maʼlumotlarni roʻyxat hamda xarita koʻrinishida taqdim etadi.

iPhones nashriga koʻra, ilovada mamlakatdagi yangi zilzilalar haqidagi bildirishnomalarni faollashtirish va ogohlantirishlar ishlashi kerak boʻlgan parametrlarni aniq sozlash imkonini beruvchi pullik obuna mavjud.

My Earthquake Alerts & Feed 

Ushbu ilovada siz butun dunyo boʻylab sodir boʻlayotgan hamda sodir boʻlgan zilzilalarni kuzatishingiz mumkin.

Ilovani ushga tushirgach sozlamalarda O‘zbekistonni belgilashingiz kerak.

“Ilova sizga kerak boʻlgan barcha maʼlumotlarni, shu jumladan, push-bildirishnomalarni bepul taqdim etadi. Shuningdek, ilova eng soʻnggi iPhone va iPadʼlar uchun optimallashtirilgan chiroyli va tushunarli interfeysga ega”, deyilgan dastur tavsifida.

Ilovaning kamchiligi — pastki qismida reklama bannerlari foydalanishda halal berishi mumkin.

Ham Android, ham iOS uchun dasturlar

Demak, har ikkala operatsion tizim uchun ishlaydigan krossplatforma ilovalar:

LastQuake

EMSC (Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologik markazi) tomonidan ishlab chiqilgan ilova mazkur hududlarda rasman zilzila hodisalarini eʼlon qiluvchi ilova hisoblanadi.

LastQuake seysmologlar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, aholini ogohlantirish va real vaqtda maʼlumotlar toʻplash uchun moʻljallangan. Uning yordami bilan EMSC bir necha daqiqada zilzila oqibatlarini baholay oladi.

Xabaringiz bor, oldinroq Giglink zilzilani real-time koʻrsatuvchi saytlar haqida maʼlum qilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42