Yangi Xiaomi 14 Civi smartfoni bozorga chiqdi.

Narxlar 515 dollardan boshlanadi

Xiaomi kompaniyasi Civi seriyasining yangi smartfonini taqdimot qildi. Avval bu seriya faqat Xitoy bozoriga moʻljallangan edi.

Bu smartfon OnePlus 12R va iQOO 12 kabi boshqa mashhur telefonlar bilan raqobat qiladi.

Xiaomi 14 Civi 6,55 dyuymli AMOLED-displeyga ega boʻlib, 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega. Telefonning asosiy qismini Snapdragon 8s Gen 3 chipli, LPDDR5X tezkor xotira va UFS 4.0 flesh-xotira bilan ta'minlanadi.

Kamera tizimi uchta moduldan iborat: 50 MP asosiy kamera, shu aniqlikdagi telefoto kamera va 12 MP aniqlikdagi keng burchakli linsa. Old tomonda esa ikkita 32 MP datchikli kamera mavjud.

Telefonda 4700 mA•soat quvvatga ega batareya oʻrnatilgan boʻlib, 67 Vt tezlikda quvvatlanishni qoʻllab-quvvatlaydi. Operatsion tizim sifatida Xiaomi'ning HyperOS'i tanlangan.

Xiaomi 14 CIVI smartfonining texnik tavsiflari:

Displey: 6,55 dyuym, 1236×2750 piksel, LTPO AMOLED, yangilanish chastotasi 120 Hz.
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 8s Gen 3 (4 nm), 1×3,0 GGts (Cortex-X4) + 4×2,8 GGts (Cortex-A720) + 3×2,0 GGts (Cortex-A520).
Xotira: 8/256 GB yoki 12/512 GB, LPDDR5X turidagi tezkor xotira (8533 MB/s), UFS 4.0 turidagi ichki xotira.
Asosiy kamera: 50 MP (f/1.63, OIS, 25 mm ekvivalent) + 50 MP (f/1.98, 50 mm ekvivalentli telefoto, 2x optik zum) + 12 MP (f/2.2, 120-daraja ultra keng burchakli, 15 mm ekvivalent).
Old kamera: 32 MP (f/2.0, 1.6 mikron, 78°, 26 mm ekvivalent) + 32 MP (f/2.4, 18 mm ekvivalent, 100°).
Batareya: 4700 mA•soat, 67 vattli tez zaryadlash.
Operatsion tizim: Android 14, HyperOS.
Oʻlchamlar: 157.2×72.77×7.45 mm.
Vazn: 179.3 g.

Narxlari 8/256 GB xotirali versiya uchun 515 dollardan, 12/512 GB xotirali versiya uchun esa 575 dollargacha.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47