Yangi Nokia 3210 haqida: ha, siz yana ilon o‘ynini o‘ynashingiz mumkin

Bu telefon ijtimoiy tarmoqlardan qochish va nostalgiya hissini berish uchun ideal.

Hozirgi kunda qayerga borsangiz ham, deyarli hamma zamonaviy protsessorlar, murakkab kameralar va yorqin OLED displeyga ega smartfonlardan foydalanishini ko‘rasiz. Siz eski uslubdagi telefonlar davri tugagan deb o‘ylashingiz mumkin, lekin bu unday emas. Nokia telefonlarini ishlab chiqaruvchi HMD yaqinda retro uslubdagi qurilmalarni, jumladan, 1999 yildagi klassik Nokia 3210 ning yangi versiyasini chiqardi.

Avval aytib o‘tish kerakki, 2024 yilgi smartfonlar bilan Nokia 3210 ni solishtirish adolatli bo‘lmaydi. Bu telefon yomon emas, faqat boshqacha. Uni zamonaviy smartfonlar bilan taqqoslash, eski uslubdagi velosipedni elektr mototsikllar bilan solishtirish kabi bo‘ladi. Keling, endi bu telefon nima taklif qilishini ko‘rib chiqaylik.

Narxi

Nokia 3210 qimmat emas. O‘zbekistonning ayrib do‘konlarida uchratish mumkin. misol joybox internet do‘konida uning narxi  $100 dan kam.

Texnik xususiyatlari

Batareya: 1,450 mAh, olinadigan

Displey: 2.4-dyuymli TFT LCD (240 x 320 piksell)

Protsessor: Unisoc T107

Kamera: 2MP

RAM: 64MB

Saqlash xotirasi: 128MB (MicroSD bilan)

O'lchamlar: 122 x 52 x 13.1 mm

Ranglar:  Y2K Gold, Scuba Blue, Grunge Black

Xususiyatlari

Nokia 3210 barcha asosiy funksiyalarga ega. Siz qo‘ng‘iroq qilish, SMS yozish, musiqiy pleer, soat, simsiz FM radio va internetdan foydalanish imkoniyatiga egasiz. Shuningdek, kalkulyator, kalendar, taymer va boshqa vositalar ham mavjud. Aslida, bu telefonning asosiy xususiyati - kam funksiyaliligidir. Bu kabi telefonlar aynan shu sababli qiziqarli.

Instagram yoki facebook-da cheksiz skroll qilish qiyinroq, lekin texnik jihatdan mumkin. Old kamera yo‘qligi sababli selfi qilish uchun vaqt yo‘qotmaysiz. Katta mobil o‘yinlar yo‘qligi sizni uzoq vaqt o‘yin o‘ynashdan saqlaydi. 

Telefon Bluetooth bilan jihozlangan, shuning uchun boshqalar bilan audio fayllar va tasvirlarni ulashishingiz mumkin. Ikkita SIM karta uchun joy ham mavjud.

Bu telefonda ko‘p matn yozish qiyinroq. Shu sababli, bu telefon ijtimoiy tarmoqlardan qochish uchun ikkilamchi qurilma sifatida yaxshiroq.

Bu kabi telefonlar uchun kichik, ammo o‘sib borayotgan auditoriya mavjud. Ular ijtimoiy media ilovalari, katta o‘yinlar va smartfon AI xususiyatlaridan charchaganlar. Bu telefon ijtimoiy tarmoqlardan qochish va nostalgiya hissini berish uchun ideal.

Dizayn va displey

Nokia 3210 ning dizayni oldingi 3210 modeldan zamonaviyroq va lekin uchalik mustaxkam emas. 1999 yilgi model chidamliligi bilan mashhur edi, yangi model esa unchalik mustahkam emasdek tuyuladi. 

Telefonni nozik his qilsangiz ham, qo‘lda ushlash juda qulay. Bugungi katta smartfonlarga qaraganda, buni bir qo‘lda bemalol ishlatish juda yoqimli. Shunchalik ixchamki, qo‘ldan tushirmasdan musht qilishingiz mumkin.

Original 3210 ga kiritilgan eng katta yangilanish displeydir. U rangli va 1999 yilgi versiyaga qaraganda ancha uzunroq. U juda ham zamonaviy emas, balki 2007 yilgi Sony Ericcson telefoni displeyiga o‘xshaydi, lekin XXI asr boshidagi monoxrom ekranga o‘xshamaydi. U Ilon o‘yinini ko‘proq ekran maydonini egallashiga imkon beradi.

Kamera

Ha, Nokia 3210 da kamera bor, Lekin u zo‘r emas. Kamera 2MP linza, LED chiroq va zum funksiyasiga ega.Unda olingan rasmlar 2008-yilda olingam rasmlarga o‘xshaydi. Shunday bo‘lsa-da, hech bo‘lmaganda kamera bor va bu yomon emas.

Agar kamera sifatini ko‘rishni xohlasangiz, pastdagi rasmga qarang. 

Nokia 3210 da video yozishingiz mumkin, lekin bunga hojat yo‘q. 

Ishlash tezligi va o‘yinlar

Nokia 3210 ning Unisoc T107 protsessori yuqori darajadagi ishlashni ta'minlamaydi, lekin kundalik vazifalar va Ilon o‘yini uchun yetarli. Kamera ilovasida foto rejimdan video rejimga o‘tishda biroz kechikish bor.

Agar eski mobil o‘yinlarni ota-onangizning telefonlarida o‘ynab ulg‘aygan bo‘lsangiz, Nokia 3210 sizga nostalji hissini beradi. Telefonning eng yaxshi o‘yini, albatta, Ilon o‘yini. Bu yangilangan versiya yangi ranglar va tovushlarga ega, lekin asosiy mohiyati o‘sha eski o‘yin.

Batareya

Nokia 3210 ning batareyasini sinash qiyinroq, chunki aniq foiz ko‘rsatkichlari yo‘q. Biroq, batareya yaxshi ishlaydi. Telefon bir hafta davomida kutish rejimida bo‘lsa ham, faqat bir ikki marta zaryadga  ulash yetarli va u bir necha soat ichida to‘liq zaryadlandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04