Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.

Telefon qanday bo'ladi?
Mutaxassislarning aytishicha, bu telefonda kamida 4GB operativ xotira va 128GB ichki xotira bo'ladi. Keyinchalik boshqa variantlar ham chiqishi mumkin.
- 4 xil rang: Yashil, to‘q ko‘k, qora va to‘q sariq (oranj) variantlari bo‘ladi.
Tashqi ko'rinishi

Oldingi model REDMI 14C bilan solishtirganda:
- Ekranning old tomoni bir xil - yuqorida kichik tomchi shaklidagi joy bor
- Orqa tarafdagi kameralar o'zgargan - avval dumaloq edi, endi to'rtburchak qilib qo'yishgan
- Ikki kamera saqlanib qolgan
- Pastki qismida "REDMI 15C" yozuvi bor
Texnik ma'lumotlar
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra:
- 6.9 dyuymli LCD ekran (HD+ sifat)
- 6000mAh katta batareya
- 33W tez quvvatlash
chiqish sanasi:
Telefon Tailandda rasmiy ruxsat olgan (model raqami 25078RA3EA). Bu ma'lumotlarga qarab, 2025 yil iyul yoki avgust oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
REDMI 14C hozirda Xiaomi kompaniyasining eng arzon telefoni -100$ dan boshlanadi. Bundan tashqari, bu telefon 2025 yil birinchi choragida dunyoda eng ko'p sotilgan 10 ta telefon ro'yxatida 8-o'rinda turgan.
REDMI 15C ham xuddi shunday arzon narxda bo'lishi va ko'p odamlarga yoqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



