Xiaomi, Redmi va Poco'ning 11 ta mashhur smartfon modeli uchun dasturiy ta'minotning qoʻllab-quvvatlanishi toʻxtatildi
Smartfon
31 iyul, 17:37
Redmi Note 10 seriyasining barcha modellari endi yangilanmaydi

Xiaomi dasturiy ta'minotga qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatgan smartfonlarining yangilangan roʻyxatini e'lon qildi. Roʻyxatga jami 11 ta model kiritilgan: Xiaomi va Redmi'dan har biridan 5 ta model, shuningdek, bir Poco modeli.
Quyidagi qurilmalar roʻyxati:
- Xiaomi 10S;
- Xiaomi 10 Pro;
- Xiaomi 10;
- Xiaomi Mi 10 Ultra;
- Xiaomi 11 Lite 5G;
- Redmi Note 10 Pro;
- Redmi Note 10;
- Redmi Note 10 5G;
- Redmi Note 10T;
- Redmi Note 8 (2021);
- Poco M3 Pro 5G.
Endi bu modellarga yangi funksiyalar qoʻshilishi haqida gapirmasa ham boʻladi, hatto xavfsizlik yangilanishlari ham chiqmaydi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar