Xiaomi 14 Ultra "super flagman" ning asosiy xususiyatlari haqida ma'lumotlar

Smartfon mart-aprel oylarida chiqarilishi va iPhone 15 Pro Max va Galaxy S24 Ultra bilan raqobatlashishi mumkin.

Xiaomi iPhone 15 Pro Max va Galaxy S24 Ultra bilan raqobatlasha oladigan yangi flagmanni chiqarishga tayyorlanmoqda .

Yuqori darajadagi Xiaomi 14 Ultra smartfoni bozorda 2024-yilning mart-aprel oylarida paydo bo‘lishi kerak. Ishonchli insayder qurilma haqida bir qancha mish-mishlarni e'lon qildi .

Manbaning yozishicha, Xiaomi 14 Ultra o‘ta noodatiy kamerali telefon bo‘ladi. Orqa kameraning asosiy dyuymli sensori 50 megapikselli Sony LYT900 hisoblanadi. Hammasi boʻlib smartfon 50 megapikselli toʻrtta orqa kameraga ega boʻladi.

Smartfon asosiy kamera sifatida IMX989 asosidagi Sony LYT900 sensoridan foydalanadi.Bugungi kunda u Sony liniyasidagi eng kuchli 1 dyuymli linza hisoblanadi.

Batareya quvvati ham Xiaomi 13 Ultra ga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Qurilma 5180 mA/soat akkumulyator, 90 Vt simli zaryadlash va 50 Vt simsiz zaryadlash bilan jihozlanadi.

Xiaomi 14 Ultra da Snapdragon 8 Gen 3 protsessori boʻladi - va  bu protsessor allaqachon chiqarilgan, Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro da qoʻllanilgan . Smartfonning  yuqori konfiguratsiyali versiyasi 1 TB diskiga ega bo‘ladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07