Samsung smartfon obuna xizmatini ishga tushirishga tayyorlanmoqda

Samsung nihoyat sun’iy intellekt (AI) bilan jihozlangan smartfonlari uchun pullik obuna xizmatini joriy etishga tayyor, biroq bu ko‘pchilik kutganidan biroz farq qilishi mumkin.

Samsung kelasi oy o‘zining smartfonlari va planshetlari uchun AI Subscription Club deb nomlangan obuna xizmatini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Ushbu xizmat foydalanuvchilarga Galaxy turkumidagi smartfon va planshetlarni ijaraga olish yoki obuna bo‘lish imkoniyatini beradi. Xizmat nomidagi "AI" so‘zi ushbu obuna faqat sun’iy intellekt (AI) funksiyasiga ega qurilmalarga taalluqli ekanligini bildiradi.

Samsungning Ballie roboti nihoyat 2025-yilda sotuvga chiqadi
Samsungning Ballie roboti nihoyat 2025-yilda sotuvga chiqadi

Sun’iy intellekt funksiyasiga ega Galaxy qurilmalarini sotib olgan foydalanuvchilar 2025-yil oxirigacha AI funksiyalaridan bepul foydalanishlari mumkin. Shu vaqtgacha ularga hech qanday qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi. Ammo 2025-yildan keyin bu xizmat pullik bo‘lishi yoki bepul qolishi hozircha noma’lum.

 Samsung 22-yanvar kuni Kaliforniya shtatidagi San-Xoseda Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, unda Galaxy S25 seriyasini taqdim etish kutilmoqda. Han Jong-hi shunday deydi:

Biz kelasi oydan boshlab Galaxy smartfonlari uchun obuna xizmatini joriy qilamiz. Ballie robotini esa birinchi bo‘lib Janubiy Koreya va AQShda taqdim etamiz hamda uni Koreyada obuna shaklida yetkazib berishni rejalashtirmoqdamiz

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25