Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot

Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.

Ushbu maqolada asosan Galaxy S25 va Galaxy S25+ modellari haqida so‘z yuritiladi.

Smartfonlar maxsus Galaxy uchun ishlab chiqilgan Snapdragon 8 Elite protsessori, 12GB RAM va Galaxy AI funksiyalari bilan jihozlangan. Har ikki modelda 50 megapikselli asosiy kamera mavjud. Qurilmalar Android 15 operatsion tizimi va Samsung'ning One UI 7 interfeysi asosida ishlaydi.

Dizayn va o‘lchamlar

Dizayn jihatidan, Galaxy S25 seriyasi Samsungning eng yupqa S seriyali smartfonlari hisoblanadi. Qurilmalar to'g'ri ekran va to'g'ri burchakli ramka dizayniga ega.

  • Galaxy S25 – 70.5 × 146.9 × 7.2 mm, og‘irligi 162 g.
  • Galaxy S25+ 75.8 × 158.4 × 7.3 mm, og‘irligi 190 g.

Ekran

- Ikkinchi avlod Dynamic AMOLED ekran
- 120 Gts moslashuvchan yangilanish tezligi (1-120 Gts oralig'ida)
- Galaxy S25: 6.2 dyumli FHD+ ekran
- Galaxy S25+: 6.7 dyumli QHD+ ekran
- Vision Booster texnologiyasi
- Moslashuvchan ranglar

Displey Vision Booster texnologiyasi orqali har qanday yorug‘lik sharoitida tiniq tasvir beradi.

S25 va Galaxy S25+ modellari qora-ko'k, issiq marjon qizil va mayin pushti-tilla ranglarida taqdim etiladi.
S25 va Galaxy S25+ modellari qora-ko'k, issiq marjon qizil va mayin pushti-tilla ranglarida taqdim etiladi.

Kamera tizimi

Samsung Galaxy S25 va S25+ quyidagi kameralar bilan jihozlangan:

- 50 MP asosiy kamera
- 12 MP ultra keng burchakli kamera
- 10 MP telefoto kamera
- 12 MP old kamera
- Yangi shovqinni kamaytirish algoritmi
- 10-bit HDR video yozish imkoniyati

Smartfonlarga o‘rnatilgan yangi algoritmlar orqali kechasi ham tiniq surat va videolar olish mumkin.

Texnik xususiyatlar

- Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 for Galaxy protsessori
- Oldingi modelga qaraganda ancha tezroq ishlaydi
- 40% kuchliroq NPU ishlash tezligi
- 37% kuchliroq CPU ishlash tezligi
- 30% kuchliroq GPU ishlash tezligi
- Takomillashgan sovutish tizimi

Batareya

- Galaxy S25+: 4900 mAh
- Galaxy S25: 4000 mAh
- 45 Vt simli tez quvvatlash
- Simsiz quvvatlash 2.0
- Teskari simsiz quvvatlash

Operatsion tizim

- Android 15 asosidagi One UI 7
- 7 yillik tizim yangilanishlari va xavfsizlik yangilanishlari
- Kuchli AI funksiyalari: AI Select, Circle to Search, Now Brief va boshqalar

Narx va sotuvga chiqish sanasi

Samsung Galaxy S25 seriyasi 2025-yil 23-fevraldan sotuvga chiqadi. 

Jahon bozori uchun narxlar:

Galaxy S25:

- 12GB RAM + 128GB – 799 dollar
- 12GB RAM + 256GB – 859 dollar
- 12GB RAM + 512GB varianti hali e’lon qilinmagan.

Galaxy S25+:
12GB RAM + 256GB – 999 dollar
- 12GB RAM + 512GB – 1,119 dollar

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35