Redmi smartfonlarining eng so‘nggi modeli — Xiaomi Redmi Note 12T Pro taqdim qilindi

Qurilma toʻrtta versiyada taqdim etilgan: 8/128 GB (225 dollar), 8/256 GB (240 dollar), 12/256 GB (255 dollar) va 12/512 GB (285 dollar).

Eng soʻnggi Redmi smartfoni — Redmi Note 12T Proning oldindan sotuvi boshlandi.

Redmi Note 12T Pro MediaTek Dimensity 8200-Ultra platformasida qurilgan, LPDDR5 RAM, UFS 3.1 flesh-xotira va 10 000 mm2 dan ortiq katta sovutish tizimi bilan jihozlangan.

Asosiy kamera 64, 8 va 2 megapikselli, old kamerasi 16 megapikselli sensorlar bilan ifodalanadi. Akkumulyator sigʻimi 5080 mA/soat, u 67 Vt quvvatga ega quvvatlanishni qoʻllab-quvvatlaydi (toʻliq zaryad 46 daqiqada).

• Displey: 6,6 dyuym 2460x1080 IPS, 144Hz

• Chipset: Dimensity 8200 Ultra

• Kameralar: 64 MP + eni 8 MP + 2 MP makro + 16 MP selfi

• Xotira: 8/128, 8/256, 12/256, 12/512 GB

• Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.3

• Suvga chidamliligi: IP53

• Batareya va zaryadlash: 5080 mA/soat, 67 Vt

• Narxi: 225$ dan boshlanadi.

Redmi Note 12T Pro 31-maydan boshlab Xitoyda sotuvga chiqarildi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07