OnePlusʼdan 11,6 dyuymlik ilk planshet

Xitoyning texnologik brendi “Apple va Samsung kabi ekosistema” yaratishga intilmoqda.

OnePlus oʻzining ilk planshetini taqdim qildi. LCD displeyli OnePlus Pad 11,6 dyuym ogʻirlik va 2800x2000 oʻlchamda boʻlib, Dolby Vision rang korreksiyasi texnologiyasiga ega. Ekranning yangilanish tezligi 144 Gs.

Ekranlari tomonlari mosligi nostandart – 7:5 oʻlchamda boʻlib, 3:2 displeylardan balandroq, 4:3 oʻlchamga ega iPadʼlardan pastroq. Qurilma oʻzining hajmiga kelsak, qalinligi – 6,54 mm, ogʻirligi – 555 g.

Tizim 8 yadrolik Media Tek Dimensity 9000 chipida ishlaydi. Operativ xotirasi 12 Gb, akkumulyator sigʻimi – 9510 mAch. Bir marta zaryadlashga 80 daqiqa vaqt ketadi va bu 14,5 soat toʻxtovsiz video koʻrishga yetadi.

Yangi Padʼni stilus va magnitli klaviaturalar bilan ishlatish mumkin. 2023-yilning aprel oyidan, Shimoliy Amerika, Yevropa, Hindiston orqali oldindan oldindan buyurtma berish mumkin boʻladi. Narxi borasida hozircha maʼlumot yoʻq.

The Verge nashrining yozishicha, ilk brend planshetining ishlab chiqilishi – bu kompaniyaning Apple va Samsung kabi toʻliq ekotizimni yaratish yoʻlidagi birinchi qadami boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04