OnePlus Ace 3 Pro: 6100 mA/soat batareya va Snapdragon 8 Gen 3 chipli smartfon

Bitta zaryad bilan smartfon 2 kun ishlashi mumkin. Bu natijaga yangi turdagi akkumulyatorlardan foydalanish orqali erishildi.

OnePlus Xitoyda taqdimot o‘tkazdi va unda asosiy e'tiborni tortgan qurilma OnePlus Ace 3 Pro subflagman smartfoni bo‘ldi. Model kuchli texnik xususiyatlarga ega, ammo uning eng muhim o‘ziga xosligi batareyasida.

OnePlus Ace 3 Pro uchun akkumulyator yaratish maqsadida OnePlus Xitoyning akkumulyator ishlab chiqaruvchi CATL kompaniyasi bilan hamkorlik qildi. Ular birgalikda Glacier Battery nomli batareyani yaratishdi. Ishlab chiquvchilar bu batareyani "inqilobiy avtonomlik" deb aytishmoqda. Glacier Battery sig‘imi 6100 mA/soatni tashkil etadi, bu esa odatiy 5000 mA/soatlik batareyaga qaraganda 22% ko‘proq. Shu bilan birga, yangi batareya 3% kichikroqdir. U 100 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi, ya'ni 1% dan 100% gacha zaryadlash uchun 36 daqiqa kerak bo‘ladi.

4 yil davomida batareya umumiy sig‘imidan 20% dan ko‘prog‘ini yo‘qotmasligi kafolatlanadi. Faol foydalanishda esa 2 kunlik ishlash imkoniyatini beradi.

OnePlus Ace 3 Pro ning yana bir muhim xususiyati — ikki tomonlama oltin antennalar bo‘lib, ular signalni inson tanasi orqali ham o‘tkazadi. Bu esa aloqa barqarorligini ta’minlaydi, ya'ni antennani qo‘l bilan yopish yoki yo‘qligi muhim emas, signal baribir yaxshi saqlanadi.

OnePlus Ace 3 Pro yuqori unumdorligini Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan ta’minlaydi. Qizib ketish muammosi 9126 kv.m. maydonli bug‘lash kamerasi bilan sovutish tizimi qo‘shilgan. 

OnePlus Ace 3 Pro xususiyatlari:

  • Ekran: 6,78 dyuym, LTPO AMOLED, 1264×2780, 1-120 Gts;
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3
  • Xotira: 12/16/24 GB operativ, 256/512 GB va 1 TB doimiy;
  • Batareya: 6100 mA/soat, 100 Vt tez zaryadlash;
  • Kameralar: asosiy 50 MP (f/1.8, Sony IMX890, OIS), keng burchakli 8 MP, makro 2 MP, old 16 MP.
  • OS: Android 14;
  • O‘lchamlar: 163,3 x 75,27 x 8,69 mm, 207 g.

Boshqa xususiyatlar: IP65 suv va changdan himoya, ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, yomg‘ir ostida ishlash imkoniyatiga ega displey, stereo dinamiklar va tinchlik rejim tugmasi.

Narxlari

  • OnePlus Ace 3 Pro (12+256 GB) — 440$
  • OnePlus Ace 3 Pro (16+256 GB) — 480$
  • OnePlus Ace 3 Pro (16+512 GB) — 524$
  • OnePlus Ace 3 Pro (24+1024 GB) — 605$

OnePlus Ace 3 Pro uch rangda taklif etiladi: oq, yashil va kumush. Orqa panel keramika, korpus metall. Sotuvlar Xitoyda 3 iyulda boshlanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10