Kuchli smartfonlar reytingida yangi “qirol” paydo boʻldi: narxi 400 dollardan sal qimmatroq

Reytingdagi 10 ta pozitsiyadan 10 tasi Snapdragon 8 Gen 2 chipsetiga asoslangan qurilmalarga tegishli.

Mashhur benchmark AnTuTu 2023-yilda eng kuchli Android smartfonlari roʻyxatini tuzib chiqdi va reytingda barcha top-10likni Snapdragon 8 Gen 2 chipsetiga asoslangan modellar egalladi.

OnePlus Ace 2 Pro hozirgi kundagi eng kuchli smartfon sifatida tan olinmoqda va AnTuTu boʻyicha oʻrtacha 1,64 million ball toʻplagan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessoriga ega boʻlib, u 9140 kvadrat mm oʻlchamdagi katta kameraga ega.

Kichik farq bilan ikkinchi oʻrinni iQOO 11S, uchinchi oʻrinni Redmagic 8S Pro+ egalladi. Oʻyinbop iQOO 11 Pro biroz pastroq oʻrin egallab, birinchi beshlikni vivo X90 Pro + yopdi, bu ham bozordagi eng yaxshi kamerali telefonlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, eng samarali Android smartfonlari nomiga OnePlus 11, Realme GT5, iQOO 11, Vivo X Fold2 va Oppo Find X6 Pro ega boʻldi.

AnTuTu shuningdek, eng yaxshi sub-flagman Android gadjetlari roʻyxatini tuzib, unda birinchi oʻrinni Redmi Note 12 Turboga berdi, ikkinchi oʻrinni realme GT Neo5 Se, 5500 mA/soat akkumulyator va 100 vatt quvvatga ega smartfon egalladi.

Ushbu ikkala model avgust oyidagi reytingda boshqalardan sezilarli farq bilan yetakchilik qilmoqda.

OnePlus Ace 2 Pro — yangi rekordchi

Yuqorida aytib oʻtilganidek, smartfon haddan tashqari oshirilgan Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 protsessoriga asoslangan boʻlib, bu funksiya uning yuqori ishlashini taʼminlaydi. OnePlus shuningdek, xotirasi ishlashida yangicha texnologiya qoʻllanilgan boʻlib, bunda ilovalarni ochishning oʻrtacha tezligi uch baravar oshirilgan.

Ace 2 Proʻning qolgan xususiyatlari ham yuqori darajada — 120 Gts chastotali AMOLED ekran, 24 Gb tezkor xotira, yuqori darajadagi Sony IMX890 50 megapikselli sensor va bozordagi eng tez zaryadlardan biri: 0% dan 100% gacha batareyasi 17 daqiqada toʻldiriladi. Uning yana bir “fishkasi” yomgʻirga qarshi texnologiyasidir.

OnePlus Ace 2 Pro (12GB/256GB) standart nashri 410 dollardan boshlanadi. 24 GB operativ xotira va 1 TB ichki xotiraga ega model 550 dollarga baholandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25