iPhone 15 ga oid soʻnggi xabarlar: xotirasidan tortib ranglarigacha

Soʻnggi yangiliklarga koʻra, iPhone 15 Pro modellari 2TB flesh-xotiraga ega boʻladi.

Bu haqda MacRumors xabar bermoqda. Bundan tashqari, iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max modellari asosiy versiyalarida kamida 256 GB xotiraga ega boʻladi. Eslatib oʻtamiz, iPhone 14 liniyasida xotiraning minimal hajmi 128 GB ni tashkil qiladi.

iPhone 15 Pro va iPhone 15 Pro Max 256 GB, 512 GB, 1 TB hamda 2 TB xotira variantlarida sotuvga chiqariladi.

iPhone 15 jonli tasviri
iPhone 15 jonli tasviri

Juda koʻp ranglar va chexollari

Phone 15 korpusining turli ranglardagi variantlari va Harakat tugmasi haqida maʼlumotlar yetarlicha tarqalmoqda. Naver yeux1122 blogi foydalanuvchilari iPhone 15 modeli korpusi rangining variantlari va iPhone 15 Pro harakat tugmasi koʻrsatilgan rasmlar bilan boʻlishdi.

Xususan,

  • toʻq yashil
  • toʻq koʻk
  • yorqin jigarrang
  • toʻq qizil
  • toʻq jigarrang
  • apelsin tusli
  • moviy
  • qora

iPhoneʼda Ultra modeli?

Mazkur ranglar palitrasi hozircha rasman toʻlaligicha tasdiqlanmagan, biroq rasmlar orasida boshqa modellar qatorida iPhone 15ni ham koʻrish mumkinligi hammani qiziqtirib qoʻydi. Apple haqiqatan ham Ultra modeli ustida ishlayotgani haqida mish-mishlar tarqalayotgan boʻlsa-da, insayderlar brendning keyinroq, ehtimol 2024 yoki 2025-yillarda uni ishlab chiqishini bir ovozdan taxmin qilishmoqda.

Oddiy iPhone 15 modellari A16 Bionic chipini olishi, yaxshilangan 48MP asosiy kameraga ega boʻlishi, Lightning portini USB-C ga oʻtkazishi va yangi rang variantlarini olishi kutilmoqda. Boshqa tomondan, Pro modellari ingichka ramkalar, A17 Bionic chipi va titan ramkaga ega boʻladi, iPhone 15 Pro Max esa eksklyuziv periskop obyektiviga ega boʻlishi mumkin.

Apple taxminan bir oy ichida iPhone 15 seriyasini namoyish qiladi va biz korpus ranglari hamda ushbu rasmda koʻrinib turgan harakat tugmasiga doir barcha mish-mishlarga oydinlik kiritib olamiz:

Avvalroq Bloomberg muharriri Mark Gurman va texnologiya tahlilchisi Jeff Pu iPhone 15 Pro 1100 dollardan, iPhone 15 Pro Max esa 1200 dollardan boshlanishi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33