Eng kuchli smartfon — Asus ROG Phone 7 taqdim etildi

Endi barcha Android smartfonlari bir qadam ortga chekinaversa bo‘ladi, chunki eng kuchli mobil quvvatga ega Asus ROG Phone 7 va uning Ultimate versiyasi rasman taqdim etildi.

Asus kompaniyasi ROG Phone oʻyin smartfonlarining yettinchi avlodini taqdim etdi. Bu yil model ikkita liniyada chiqarilgan: ROG Phone 7 Ultimate va ROG Phone 7. Ularning bir-biridan qanday farq qilishini quyida koʻrib chiqamiz.

Dizayn

• Oʻlchamlari: 173 x 77 x 10,3 mm, 239 gramm

• Gorilla Victus shisha old oynasi —alyuminiy ramka, shisha orqa paneli IP54 himoya;

• Ranglar: qora va oq.

Ultimate modeli orqa tomonida bildirishnoma indikatori vazifasini bajaradigan ixcham OLED ekraniga ega. Ekranda xabarlar, zaryad foizi, kiruvchi qoʻngʻiroqlar, chiroyli animatsiyalar va oʻyinlar uchun turbo rejimni yoqish haqida maʼlumotlar paydo boʻladi.

Bundan tashqari, Ultimate versiyasida AeroActive mavjud — bu AeroActive Cooler ulangan maxsus teshikcha boʻlib, telefon qizib ketganida unu sovitish uchun kerak.

Oddiy (Ultimate boʻlmagan) versiyada bunday port yoʻq, uning orqa tomonida mini-ekran ham mavjud emas. Uning oʻrniga orqa panelda RGB yoritilgan logotip bor.

Ishlashi

Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va eng yaxshi sovitish tizimi tufayli bu rasman dunyodagi eng kuchli smartfon hisoblanadi. Asus ROG Phone 7 koʻrsatkichlarida qanday natijalar esa quyidagicha:

• AnTuTu (umumiy test) — 1 346 106 ball;

• AnTuTu (CPU testi) — 293 872 ball;

• AnTuTu (GPU testi) — 578 199 ball;

• Geekbench (bir yadroli test) — 2012 ball;

• Geekbench (koʻp yadroli test) — 5697 ball.

AnTuTu testida 1 304 235 ball toʻplagan yangi Asus bilan faqat Red Magic 8 Pro+ raqobatlasha oladi.

Xususiyatlari:

• Ekran: 6,78 dyuym, AMOLED, 2448 x 2080, 395ppi, 165Hz, 720Hz sensorli soʻrov, 1ms javob vaqti, yorqinligi 1500nits gacha, HDR10+;

• Protsessor: Snapdragon 8 Gen 2;

• Xotira: 16 GB LPDDR5X operativ xotira, 512 GB UFS 4.0;

• Batareya: 3000 mA / soat quvvatga ega ikkita batareya (jami 6000 mA / soat), tez zaryadlovchi 65 Vt;

• Kameralar: asosiy 50 MP IMX766, keng burchakli 13 MP, makro 8 MP, old 32 MP.

• OT: Android 13 (4 yillik yangilanish).

Flagman yaxshi asosiy kameraga ega va qolgan modullari esa oʻrtacha sifatga ega.

Boshqa xususiyatlari:

Smartfon ekrani rasmning yangilanish tezligini avtomatik ravishda oʻzgartirishi mumkin: ekranda aks ettirilgan kontentga qarab 60 Gts, 90 Gts, 120 Gts, 144 Gts yoki 165 Gts yangilanish boʻlishi mumkin. Stereo dinamiklar kuchli bas uchun oʻrnatilgan sabvufer bilan ovoz uchun xizmat qiladi. 

Smartfon simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 modullari mavjud. Xaridlarni toʻlash uchun yon barmoq izlari skaneri va NFC moduli ham oʻrnatilgan.

Kamchiliklardan, yuqori narx va katta korpusini taʼkidlash mumkin. Ekranni bir qoʻlda ushlab turish qiyin.

Narxi:

• Asus ROG Phone 7 — 999 dollar (~11 mln 400 ming soʻm);

• Asus ROG Phone 7 Ultimate — 1 399 dollar (~16 mln soʻm).

Asus ROG Phone 7 bazasi qora va oq rangda mavjud. Ultimate versiyasi faqat oq rangda sotiladi va unga qoʻshib beriladigan AeroActive Cooler narxi alohida 110 yevro (121$).

Avvalroq Giglink.uz Telegram kanalida GSMArena tashkiloti Samsung va iPhone batareyalarini sinovdan o‘tkazgani natijalarini taqdim qilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35