Barcha iPhone 15 modellari narxlari eʼlon qilindi

Maʼlum boʻlishicha, iPhone 15 Pro Max modeli qimmatlashadi, qolgan modellar narxi ham 200 dollargacha oshishi mumkin.

Britaniyaning Barclays banki tahlilchisi Tim Longning fikricha, iPhone 15 Pro/Max iPhone 14 Pro/Maxʼdan qimmatroq boʻladi. Long, maʼlumotlar Osiyodagi taʼminot zanjiri kompaniyalaridan olinganligini aytdi.

Shunday qilib, iPhone 15 Pro iPhone 14 Proʻdan 100 dollarga, iPhone 15 Pro Max esa iPhone 14 Pro Maxʼdan 100-200 dollarga qimmatroq boʻladi. Uning fikricha, standart iPhone 15 va iPhone 15 Plus modellari narxlari oʻtgan yilgidek qoladi.

AQShda narxlar quyidagicha boʻlishi mumkin:

  •   iPhone 15: $799 (iPhone 14 narxi bilan bir xil);
  •   iPhone 15 Plus: $899 (iPhone 14 Plus narxi bilan bir xil);
  •   iPhone 15 Pro: 1099 dollar (iPhone 14 Pro 999 dollar edi);
  •   iPhone 15 Pro Max: 1299 dollar (iPhone 14 Pro Max 1099 dollar edi).

Shu hafta boshida Bloomberg xabar berishicha, Apple iPhone 15 Pro modellarining narxini oshkor etilmagan miqdorga oshirishni koʻrib chiqmoqda.

Agar Apple standart sxemaga sodiq qolsa, yangi smartfonlar taqdimoti joriy yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57