2024-yilda eng yaxshi byudjetli smartfonlar xususiyatlari

Quyida narxi oʻrtacha 150-300$ atrofidagi smartfonlarni sotib olayotganda qanday xususiyatlarga eʼtibor berish kerakligi haqida qisqacha qoʻllanmani toʻpladik.

Smartfon narxini pasaytirish uchun ishlab chiqaruvchilar koʻpincha instrument, ehtiyot qismlar va funksiyalarni tejashadi. Misol uchun, protsessor kuchi past boʻlishi yoki ekranning oʻlchamlari yetarlicha yuqori boʻlmasligi mumkin. Lekin baʼzi xususiyatlariga koʻra oʻrtacha narxdagi yaxshi modellarni topsa boʻladi.

Displey

Batareya va protsessor albatta eng muhim qism hisoblansada, ammo displeyga ham alohida eʼtibor berish shart boʻladi.

Bunda 2400x1080 oʻlchamdagi aniq FullHD panelli qurilmalarni tanlash tavsiya etiladi (ikkinchi — 1080 raqami odatda oʻzgarmasada, birinchi raqam tomonlar nisbatiga qarab biroz farq qilishi mumkin).

Displeylarning ikki turi mavjud: IPS va AMOLED. AMOLED ekranli vairantlar bunday byudjetdagi smartfonlar orasida kamdan-kam uchraydi, lekin ular IPS dan yaxshiroq hisoblanadi. Bunday ekranlar yuqori yorqinlik va kontrastga, shuningdek, tabiiy qora rangga ega. Shuning uchun, agar siz AMOLED displeyli va yangilanish tezligi 90 yoki 120 Gts boʻlgan byudjet smartfoniga duch kelsangiz, qidirganingizni topdingiz deb hisoblayvering. Agar unaqasini topolmasangiz ham qaygʻuga hojat yoʻq: 120 Gts chastotali IPS matritsali koʻrsatkichga ega smartfonlar ham ajoyib variant.

Protsessor

Optimal ishlashi uchun smartfon Snapdragon 685 (yoki 680) va MediaTek Helio G99 (yoki G96) chipsetlarga ega telefonlarni tanlang. Bu qimmatroq modellarga ham qoʻyiladigan talablardan hisoblanadi.

Snapdragon 680 — eng mashhur protsessorlardan biri. Uni koʻpincha byudjetli Xiaomi va Samsungʻda topish mumkin. Bunday protsessor juda ham kuchli boʻlmasligi mumkin, lekin u qurilmaning barqaror ishlashi,yoki minimal sozlamalardagi oʻyinlar uchun yetarlidir.

Xotira

2024-yilda, albatta, xotira eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki telefondagi ilovalar va oʻyinlar tobora koʻproq joy talab qilmoqda. Messenjerlarning keshini oʻzi bir necha oʻnlab Gb xotirani egallashi mumkin.

Saqlash turi qandayligiga ham ahamiyat berish kerak boʻladi, masalan, UFS 2.2 (yoki 2.1) yaxshi, eMMC 5.1 esa sekin ishlaydi va eskirgan hisoblanadi.

RAM esa 6 GB dan boshlanishi tavsiya qilinadi.

Qaysi xususiyatlarga eʼtibor bermaslik kerak?

Kamera. Barcha byudjet telefonlari deyarli bir xil tasvirga oladi. Baʼzi qurilmalarning yagona sezilarli afzalligi — keng burchakli linzalarning mavjudligi. Ammo hatto eng byudjetli Android kamerasi ham Google dasturi bilan yangilanishi mumkin.

Batareya. Bugungi kunda deyarli byudjetli telefonlar 5000 mA/soat koʻrsatkichli batareya bilan jihozlangan. Shunday boʻlsa ham, bunday koʻrsatkichga ega telefonlarning hammasi har xil ishlashi mumkin. Buning sababi —hozirda apparat va dasturiy taʼminot oʻrtasidagi optimallashtirish muhimroq rol oʻynaydi.

Stereo. Byudjet segmentidagi smartfonlarda stereo tovush deyarli farq qilmaydi.

Ideal Android byudjetli telefon qanday koʻrinishga ega?

Aksariyat mutaxassislar Redmi Note 12 4G ni ideal byudjetli Android telefoni deb atashadi. U Full HD+ piksellar soniga ega 120 Gts chastotali AMOLED ekran, Snapdragon 685 protsessori, 128 Gb xotira va 33 Vt quvvatlantirishga ega.

Poco M5s — boshqa yana bir byudjetli telefon. Shuningdek, u tiniq AMOLED displeyga ega va MediaTek Helio G95 protsessoriga ega hamda 13 megapikselli selfi kameraga egaligi bilan oʻz segmentidagi koʻpchilik raqobatchilardan ustun keladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33