120 Gts OLED ekranli Xiaomi Redmi Note 13R Pro smartfoni sotuvga chiqdi

Hamyonbop, super quvvatli batareyaga ehtiyoji boʻlmaganlar uchun ajoyib variant sifatida Xiaomiʼning soʻnggi oʻrta sinf smartfoni — Redmi Note 13R Proʻni tavsiya qilamiz.

Redmi Note 13R Proʻning ustunlik jihatlaridan gaplashadigan boʻlsak, u 2400x1080 pikselli yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etuvchi ultra yupqa ramkali 6,67 dyuymli OLED displeyi bilan raqobatchilardan ajralib turadi.

Ekran silliq va sezgir boʻlib, tasvirlarni koʻrish uchun 60/90/120 Gts yangilanish va 2160 Gts tezkor sensor tezligini qoʻllab-quvvatlaydi.

Arzon narxni ilgʻor texnologiyalar bilan uygʻunlashtirgan holda, qurilmaning narxi 12/256 GB versiyasi uchun atigi 289 dollar. Smartfon hozircha O‘zbekistonga kirib kelmagan.

Smartfon, shuningdek, maksimal chastotasi 2,4 gigagertsli MediaTek Dimensity 6080 protsessori bilan jihozlangan. Bunga qoʻshimcha ravishda, Redmi Note 13R Pro 33 Vt tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat koʻrsatkichli batareyaga ega.

Smartfon kamerasiga kelsak, u 100 megapikselli asosiy kamera va qoʻshimcha 2 megapikselli, shuningdek, 16 megapikselli old sensorli kamera bilan jihozlangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33