Bizga “soxta robot politsiyachi emas, haqiqiy xavfsizlik” kerak: odamlar yana robot itlardan norozi

Nyu-York shahar politsiya departamenti (NYPD) jamoat xavfsizligi uchun ikkinchi marta Boston Dynamics robot-itlaridan foydalanishini eʼlon qildi. Ammo bunday “innovatsion islohot” shahar aholisining noroziligiga sabab boʻlmoqda.

Gap shundaki, NYPD 2020 va 2021-yillarda robot-itlardan ilk bor foydalanganida, itlardagi kuzatuv kameralari va ularning qurollardan foydalanishi borasidagi xavotirlari tufayli bekor qilingandi. Ammo shahar meri Erik Adams Boston Dynamics bilan shartnomani qaytadan tuzdi va robot-itlar shahardagi oʻta xavfli vaziyatlar uchun qoʻllanilishini aytdi. Hokimiyat ikki itni 750 ming dollarga ikkita sotib olgan va ulardagi yuzni tanish texnologiyasi olib tashlangan.

Mahalliy va shtat darajasida kuzatuvdan foydalanishga qarshi boʻlgan guruhning kuzatuv texnologiyasini nazorat qilish loyihasi (STOP) mer Adamsning harakatini qoralab, NYPD “yomon ilmiy fantastikani dahshatli politsiyaga” aylantirayotganini aytdi. Albert Foks Kan, STOP ijrochi direktori esa, “Nyu-Yorkka soxta RoboCop emas, haqiqiy xavfsizlik kerak. Nyu-Yorkliklar shaxsiy hayotiga tajovuz qilish uchun davlat pullarini sarflash — xavfli politsiya harakatidir”, deya taʼkidlagan.

Avvalroq Giglink.uz Toshkentda robot ofitsiant paydo bo‘lgani  haqida xabar bergandi. Uning narxi 12 000 dollarga baholangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26