Dubayda barpo etilayotgan eng tor hashamatli osmono'par bino

"Muraba Veil": Bu Al Vasl hududida joylashgan elita-klass turar-joy kompleksi bo'lib, 2028-yilning oxirida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Dubayda Muraba Veil nomli g'aroyib loyiha qurilishi boshlandi. Loyihaning o'ziga xos jihati - uning o'ta ingichkaligi: balandligi 380 metr bo'lsa-da, kengligi atigi 22,5 metrni tashkil etadi.

Muraba Veil
Muraba Veil

Noyob arxitektura

Loyiha Pritsker mukofoti sovrindori - RCR Arquitectes arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dizaynda an'anaviy arab me'morchiligining elementlari aks etgan. Binoning tashqi qismi Mashrabiya uslubida zanglamaydigan po'latdan yasalgan maxsus g'ovakli to'r bilan qoplanadi.

Bu yechim Dubay quyoshining kuchli ta'sirini yumshatish imkonini beradi.

Hashamatli turar-joylar

  • 73 qavat
  • 131 ta premium-klass xonadon
  • Har bir qavatda bitta xonadon
  • 2 xonadan 5 xonagacha bo'lgan turar-joylar
  • Boshlang'ich narx: 18 million AED (taxminan 4.9 million dollar)

Noyob xususiyatlar

Har bir xonadon binoning butun kengligini egallaydi. Bu esa mulk egalariga:

- Dubay ufqiga to'siqlarsiz panorama manzara

- Maksimal yorug'lik va havo almashinuvi imkonini beradi

Premium qulayliklar

Muraba Veil yashovchilari quyidagi infratuzilmadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi:

- Premium-klass restoran
- Zamonaviy san'at galereyasi
- Kinoteatr
- Amfiteatr
- Yer osti spa-markazi

Bu loyiha Dubayning nafaqat me'morchilik sohasidagi yana bir yutuq, balki zamonaviy turar-joy qurilishi texnologiyalarining yangi bosqichi hisoblanadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35