Dubayda barpo etilayotgan eng tor hashamatli osmono'par bino
"Muraba Veil": Bu Al Vasl hududida joylashgan elita-klass turar-joy kompleksi bo'lib, 2028-yilning oxirida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Dubayda Muraba Veil nomli g'aroyib loyiha qurilishi boshlandi. Loyihaning o'ziga xos jihati - uning o'ta ingichkaligi: balandligi 380 metr bo'lsa-da, kengligi atigi 22,5 metrni tashkil etadi.
Noyob arxitektura
Loyiha Pritsker mukofoti sovrindori - RCR Arquitectes arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dizaynda an'anaviy arab me'morchiligining elementlari aks etgan. Binoning tashqi qismi Mashrabiya uslubida zanglamaydigan po'latdan yasalgan maxsus g'ovakli to'r bilan qoplanadi.
Bu yechim Dubay quyoshining kuchli ta'sirini yumshatish imkonini beradi.
Hashamatli turar-joylar
- 73 qavat
- 131 ta premium-klass xonadon
- Har bir qavatda bitta xonadon
- 2 xonadan 5 xonagacha bo'lgan turar-joylar
- Boshlang'ich narx: 18 million AED (taxminan 4.9 million dollar)
Noyob xususiyatlar
Har bir xonadon binoning butun kengligini egallaydi. Bu esa mulk egalariga:
- Dubay ufqiga to'siqlarsiz panorama manzara
- Maksimal yorug'lik va havo almashinuvi imkonini beradi
Premium qulayliklar
Muraba Veil yashovchilari quyidagi infratuzilmadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi:
- Premium-klass restoran
- Zamonaviy san'at galereyasi
- Kinoteatr
- Amfiteatr
- Yer osti spa-markazi
Bu loyiha Dubayning nafaqat me'morchilik sohasidagi yana bir yutuq, balki zamonaviy turar-joy qurilishi texnologiyalarining yangi bosqichi hisoblanadi.