AQSh bolalarni ijtimoiy tarmoqlar va kattalar uchun moʻljallangan saytlardan himoya qilishga intilmoqda

Pornografiya va ijtimoiy tarmoqlarning zararli taʼsiridan bolalarni himoya qilish uchun AQSh shtatlari bolalarning maʼlum saytlarga, kattalar kontentiga kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qonunlar ishlab chiqmoqda.

Westend61/Getty images

Odatda turli internet manbalari yosh chegarasi bor kontentlarni omma koʻzidan “berkitadi”: Twitter spoiler effekti koʻrinishida sensitive content soʻzlari bilan berkitsa, koʻplab saytlar foydalanuvchidan 18 yoshga toʻlganligini tasdiqlovchi kichik tab chiqaradi. Bunday materiallarning mohiyatiga koʻra voyaga yetmaganlar uchun ota-ona ruxsatini talab qiladi. Boshqalar texnologiya kompaniyalarini voyaga yetmaganlarga sotiladigan qurilmalarga odobsizlik filtrlarini oʻrnatishga chaqirmoqda.

Ammo urinishlar va yechimlar ishlashi borasidagi shubhalar, savollar koʻrinishida eʼtirozlarga ham duch keladi.

Eng qatʼiy qonunlardan ikkitasi soʻz erkinligi va shaxsiy daxlsizlik bilan bogʻliq muammolar tufayli allaqachon qonuniy muammolarga duch kelgan.

Tanqidchilar, shuningdek, qonunlar nazoratni davlat ixtiyoriga berib, ota-ona huquqlarini cheklashda haddan oshib ketganini aytishmoqda. Boz ustiga, bolalar har qanaqasiga, ota-onalariga qaraganda koʻproq texnologiyaga ega boʻlib, hatto eng qattiq qonunlarni ham aylanib oʻtish yoʻllarini topadilar, degan asosli qoʻrquvlar mavjud.

Qoʻshma shtatlarda hukumat ishlari boʻyicha MultiState firmasining huquq boʻyicha tahlilchisi, Maks Reper bu haqida, “Bolalar bu qonunlarni qanday aylanib oʻtishni bilishadi. Bunga virtual xususiy tarmoqlarni (VPNlar) misol qilib keltirish mumkin”, degan.

Baʼzi chora-tadbirlar bir nechta veb-saytlarga kirishda voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi ruxsatini talab qiladi. Boshqalar texnologiya kompaniyalarini voyaga yetmaganlarga sotiladigan qurilmalarga odobsizlik filtrlarini oʻrnatishga chaqirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarning bolalar uchun xavfliligi yaxshi hujjatlashtirilgan. Oʻtgan oy AQSh jarrohi Vivek Merti ijtimoiy tarmoqlar “bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligi va farovonligiga” zarar yetkazishi mumkinligi haqida aytdi.

Uning taʼkidlashicha, bolalar va oʻsmirlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish “deyarli universal” boʻlib, 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarning 95 foizi Facebook, Twitter, Instagram, TikTok va shunga oʻxshash ijtimoiy media platformalaridan foydalanadi.

Shtat qonun chiqaruvchilari bu muammoni hal qilishga harakat qilishdi. Oʻtgan yili Kaliforniya texnologiya kompaniyalarini bolalardan himoyalanish choralarini oʻrnatishga majburlashga qaratilgan qonunni qabul qildi, xususan, maxfiylik sozlamalarini eng yuqori darajada yoqish va agar foydalanuvchi bunday maʼlumotlar mavjudligini bilmasa, bolalarning aniq joylashuvi haqidagi maʼlumotlarni toʻplashni taqiqlash. Bunda ijtimoiy tarmoqlar, ovozli yordamchilar va taʼlim raqamli oʻquv qurilmalari ham inobatga olinadi.

Muxoliflarning aytishicha, yangi qonun — mamlakat uchun birinchi boʻlib juda katta loyiha hisoblanadi va uni amalga oshirish mumkin emas.

Qonunga rioya qilmagan kompaniyalar uchun fuqaroviy javobgarlik, jumladan, jarimalar ham nazarda tutilgan. Baʼzi ishlab chiqaruvchilar Kaliforniyaga xos dasturiy taʼminotni oʻrnatishdan koʻra, butun mamlakat boʻylab sotiladigan mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mumkinligini taklif qilishdi.

Respublikachi Yuta gubernatori Spenser Koks 2021-yilda xuddi shunday qonun loyihasini imzolagan, biroq qonun kamida qoʻshimcha beshta shtat qabul qilmaguncha kuchga kirmaydi. Garchi qonun loyihasi Alabama shtati Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan va hozirda Shtat Senatida muhokamada boʻlsa ham, hozircha boshqa shtatlar qabul qilmagan.

Yuta voyaga yetmaganlarning katta yoshlilar uchun moʻljallangan saytlarga kirishini toʻsib qoʻyishga qaratilgan ikkita qonunni qabul qilgan soʻnggi shtat boʻlib, bu yerda bolaning ota-onasi aniq rozilik bermasa, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yoʻl qoʻymaydi. Ota-ona ruxsati haqidagi qonunlar raqamli identifikator kabi foydalanuvchi ijtimoiy media platformalaridan foydalanishga ruxsat berilgunga qadar qonuniy yoshga toʻlganligini isbotlashni talab qiladi.

Agar Yuta shtatidan voyaga yetmagan bola roʻyxatdan oʻtishni istasa, kompaniyalar ota-onalarning roziligini olishlari kerak. Shuningdek, qonun kompaniyalardan voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni, agar ota-ona boshqa vaqt koʻrsatmasa, foydalanuvchi qurilmasi joylashgan joyga qarab, soat 22:30 dan 6:30 gacha blokirovka qilishni talab qiladi.

Aprel oyida Arkanzas respublikachi gubernatori Sara Xakabi Sanders ijtimoiy media kompaniyalariga voyaga yetmaganlarga ota-onalarning roziligisiz akkauntga ega boʻlishga ruxsat berishni toʻxtatuvchi qonun loyihasini imzoladi. (Texasda ota-ona roziligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasi gubernator stolida turibdi, biroq 7-iyundan beri u qonunga imzolanmagan).

Missisipi respublikachi gubernatori Teyt Rivz aprel oyida voyaga yetmaganlarning internetdagi pornografiyaga kirishini blokirovka qilish boʻyicha ikkita qonun loyihasini imzoladi.

Ayrimlar bu qonunni konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan soʻz erkinligiga zid tajovuz sifatida tanqid qilmoqda.

Yuta shtatida pornografiya uchun yoshni tekshirish qonuni majburiy tus olishi aylanishi bilanoq, porno sanoati uchun savdo uyushmasi boʻlgan erkin soʻz koalitsiyasi deb nomlangan guruh ijroni toʻxtatish uchun sudga murojaat qildi.

“Biz sudga murojaat qildik, chunki bu ochiqdan-ochiq konstitutsiyaga ziddir, ikkinchidan, bu qonuniy gapirishni asossiz cheklash”, dedi telefon orqali suhbatda guruhning jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha direktori Mayk Stabil. “Bu nafaqat odamlar kattalar sanoati deb oʻylaydigan narsalarga, balki jinsiy taʼlim beruvchi oʻqituvchilar va soʻz erkinligiga ham taʼsir qiladi. Shuningdek, biz bolalarni kattalar uchun kontentga kirishdan himoya qilishni xohlaymiz, ammo bu samarasiz va potensial xavfli”, degan.

Sud qonun ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatma berish haqidagi soʻrovi boʻyicha hali qaror chiqarmagan.

Shuningdek, Yuta qonuni kuchga kirganidan koʻp oʻtmay, Pornhub sayti shtatda ishlamay qoldi. Yuta shtatidan tizimga kirishga urinayotgan isteʼmolchilar uchun videoda kompaniya identifikatsiya maʼlumotlaridan foydalangan holda kirishni cheklash notoʻgʻri yoʻl ekanligini va buning oʻrniga voyaga yetmaganlar uchun savdo nuqtasida qurilma boshqaruvini tasdiqlaganini aytdi.

Yuta shtatida mazkur sayt yopilgandan soʻng, Google foydalanuvchiga oʻz joylashuvi va boshqa identifikatsiya maʼlumotlarini maskalash imkonini beruvchi VPNʼlarni qidirish holatlari shtatda keskin oshdi, deb xabar berdi Business Insider. Yangi davlat qonuni bilan cheklangan saytlarga kirishni istagan voyaga yetmaganlar vaqtinchalik yechim sifatida VPNʼdan foydalanishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoq haqidagi qonun loyihasiga homiylik qilgan Yuta shtatidan respublikachi senator Mayk MakKell bu chora qonuniy tekshiruvga qarshi turishiga ishonadi. U, shuningdek, bolalarni ota-ona ruxsatisiz chetlab oʻtish mexanizmlarini taʼminlamaydigan ijtimoiy media saytlariga qarshi sud daʼvolari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish mumkinligini aytdi.

Qonunda allaqachon belgilangan talablarga rioya qilmagan ommaviy axborot vositalari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish departamenti tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

“Ijtimoiy tarmoqlar meni uzoq vaqtdan beri bezovta qilmoqda”, dedi u telefon orqali suhbatda.

“Biz ruhiy salomatlik inqirozidamiz va Yuta ham bundan mustasno emas”.

Uning soʻzlariga koʻra, u yangi qonun “hech qachon har bir bolani qamrab olmasligini” tushunadi, ammo bu texnologiya kompaniyalarini oʻz saytlariga tashrif buyurgan odamlarning yoshini tekshirish uchun javobgarligini aytdi.

Makkelning taʼkidlashicha, ijtimoiy tarmoq saytlari shundoq ham shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaydi va foydalanuvchilardan yoshini tasdiqlashini soʻrash unchalik katta muammo emas.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onasi nazorati ostida boʻlishini kuzatib borishni hukumatga topshirish masalasiga toʻxtalar ekan, u yangi qonun ota-onalarga, agar xohlasalar, farzandlarini ijtimoiy tarmoqlardan chetlab oʻtish huquqini beradi, deb hisoblaydi. “Kutubxona kartasini olish uchun ota-ona ruxsati kerak; Farzandingiz changʻida uchishini xohlasangiz, ota-onangizning ruxsati kerak”.

Luiziana shtatida gubernator stolida foydalanuvchilarning voyaga yetmaganligini tasdiqlamaydigan porno saytlarni jazolash uchun qonun loyihasi bor; oʻtgan yili kattalar uchun kontentni koʻrish uchun ID kartalarini talab qiluvchi qonun allaqachon qabul qilingan edi. Ayni paytda demokratik gubernatori Jon Bel Edvards qonun loyihasini imzolashi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04