Barcha iPhone foydalanuvchilari uchun kerakli 4 ta layfxak

iPhoneʼda Tezkor buyruqlar (Quick Commands) ilovasining paydo boʻlishi bilan kompaniya smartfonni oʻzida taqdim etmagan imkoniyatlarni iOSʼga qoʻshishingiz mumkin bo‘ldi.

Misol uchun, hozirda Boshqaruv markazi orqali Wi-Fi va Bluetoothʼni butunlay oʻchirib qoʻyishning iloji yoʻq va atigi bir necha marta bosish bilan maxsus tezkor buyruq yaratib, sozlamalarga oʻtmasdan buni bir klikda amalga oshirishingiz mumkin. Quyida esa iPhoneʼdagi cheksiz layfxaklar va tiplardan bir qismini ulashamiz. Saqlab qoʻyish va ayfonchilarga yuborishni unutmang.

IPhoneʼda ekranni aylantirishni qanday yoqish mumkin?

Ekranni avtomatik aylantirishni qancha vaqt oldin oʻchirib qoʻyganingizni eslaysizmi? Ayniqsa koʻp video tomosha qiladiganlarga mazkur funksiya noqulaylik tugʻdiraveradi: video koʻrishga qulay boʻlgan ekran, messenjer va boshqa ilovalarga kirganda koʻndalang boʻlib qolaveradi.  Avtomatik aylanishni oʻchirish uchun muntazam ravishda Boshqaruv markaziga oʻtishga toʻgʻri keladi.

Yechim:

  • App Storeʼdan Shortcuts ilovasini yuklab oling;
  • “Avtomatlashtirish”ga oʻting va “Oʻzingiz uchun avtomatlashtirishni yaratish”ni tanlang;
  • Bir oz pastga tushib “Ilova” (“Приложение”)ni tanlang;
  • Ekranni yon tomonga aylantirmoqchi boʻlgan ilovalaringizni tanlang;
  • “Ochiq” va “Yopiq” katakchalarini belgilang va “Keyingi” tugmasini bosing;
  • “Harakat qoʻshish” tugmasini bosing va roʻyxatda “Yoʻnalish qulfini oʻrnatish”ni toping;
  • Uni qoʻshing va “Yoqish” atributi bilan qoldiring;
  • Yana bir marta “Keyingi” tugmasini bosing va “Boshlashdan oldin soʻrash” tugmachasini oʻchiring.

Endi Boshqarish markazi orqali ekranning aylanishini qulflang va siz tezkor buyruqda roʻyxatga qoʻshgan istalgan ilovalardan birini oching. Agar siz Boshqaruv markazini ochsangiz, ekranning aylanishi qulfdan chiqadi va gorizontal holatda bemalol foydalanishingiz mumkin boʻladi.

Kontaktlarni rezerv nusxalash 

Odatda barchamiz kontaktlarimizni bulut xotiraga sinxronlashtirilishiga oʻrganib qolganmiz — bu istalgan qurilmadan turib kontaktlarni koʻrish imkonini beradi. Ammo bulutlarda ham turli xil nosozliklar mavjud va kontaktlarni osongina yoʻqotish mumkin. Shu sababli quyida kontaktlarning lokal nusxasini qanday yaratish mumkinligini koʻrib chiqamiz. 

Bu bir necha klikda amalga oshiriladi:

  • Uni “Shortcuts” ilovasi orqali ishga tushiring;
  • Qaysi kontaktlarni faylga saqlamoqchi boʻlganingizni tanlang va buyruq tugashini kuting.

Lokal nusxani Shortcutsʼdagi iCloud Drive —> Fayllar ilovasi orqali topishingiz mumkin. Uni iPhoneʼga koʻchiring va endi kontaktlaringizning nusxasi har doim qoʻlingizda boʻladi.

iPhoneʼda “Bezovta qilinmasin” (Не беспокоить) rejimi

Kechasi tinch uxlash uchun koʻplab iPhone egalari “Bezovta qilinmasin” rejimidan foydalanadilar. Ammo baʼzida videoni xotirjam tomosha qilish yoki ovozli xabarni tinglash uchun uni bir necha daqiqaga yoqishingiz kerak. Biroq, standart iPhone sozlamalari bunga ruxsat bermaydi. Bu yerda sizga yana tezkor buyruqlar yordamga keladi:

  • Buyruqlar ilovasini oching va yuklab olingan buyruqni ishga tushiring;
  • Bezovta qilinmasin rejimini qancha vaqt ishga tushirishni xohlayotganingizni tanlang va kerakli vaqtni belgilang.

Endi “Bezovta qilinmasin” rejimi tezkor buyruq orqali belgilagan vaqtingiz davomida ishlaydi. Bu qisqa vaqt ichida qoʻngʻiroqlar va xabarlar bilan chalgʻimaslikning juda qulay usuli.

Kredit kalkulyatori — toʻlovni hisoblash

Albatta, koʻpchiligimizda kredit toʻlovlari bor, baʼzida iPhoneʼimizni oʻzini kreditga olgan boʻlib chiqamiz.

Ammo kredit boʻyicha mutaxassislarga ishonish kerak emas: goh u, goh bu toʻlovlarni qoʻshib summada adashtirishlari juda koʻp bora uchragan va shu sababli ham odatda kredit toʻlovlarini hisoblab borish lozim boʻladi. Buning uchun esa alohida dasturga hojat yoʻq — yana oʻsha tezkor buyruqlar orqali buni amalga oshirish imkoni mavjud:

  • Uni ishga tushiring va muddat, miqdor hamda foiz stavkasini kiriting.

Barcha maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, ekranda kreditning butun muddati uchun ortiqcha toʻlov va oylik toʻlov paydo boʻladi. Agar kredit mutaxassisi sizga qoʻngʻiroq qilgan summa ekranda koʻrganingizdan juda farq qilsa, bu kreditning tarkibiga biror narsa kiritilgan deb oʻylash uchun sababdir va ulardan hisobni aniqlashtirib olishni soʻrashingiz kerak.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33