17 ta eng muhim Android maxfiy xavfsizlik kodlari
Smartfoningiz xavfsizligi va maxfiyligini oshiradigan eng yaxshi USSD kodlarini keltirib o‘tamiz. Ularni saqlab qoʻyish va yaqinlaringizga ulashishni unutmang.
Android smartfoningizni qanchalik yaxshi bilasiz? Uning imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanyapsizmi? Android qurilmalardagi maxfiy kodlari va hackʼlarini izlayapsizmi?
Android bugungi kunda dunyodagi eng mashhur mobil operatsion tizimdir. Agar siz Android qurilmasidan ancha vaqtdan beri foydalanayotgan boʻlsangiz, USSD kodlarining bir nechtalari haqida bilsangiz kerak.
Mazkur xavfsizlik kodlarini ishlatish uchun uni qoʻngʻiroqlar teriladigan qismidan kiritishingiz kerak. Agar kod toʻgʻri kiritilgan boʻlsa, avtomatik ravishda javob keladi. Xoʻsh, eng keng tarqalgan Android xavfsizlik kodlari nima? “Maxfiy kodlar” aslida nima uchun kerak?
Android maxfiy kodlari toifalari
Android telefoningizda ishlatishingiz mumkin boʻlgan ikkita asosiy kod toifasi mavjud.
MMI yoki Human Machine Interface kodlari telefon ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqilgan hamda siz ulardan telefoningizdagi yashirin sozlamalarga kirish uchun foydalanishingiz mumkin.
1. *2767*3855# (qurilmani tozalash va proshivkani qayta oʻrnatish)
Bu qurilmangizdagi barcha maʼlumotlarni tezda oʻchirish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan eng samarali Android xavfsizlik kodlaridan biridir. U telefonni zavod sozlamalariga tiklaydi, barcha maʼlumotlarni samarali ravishda oʻchirib tashlaydi. Bir soʻz bilan aytganda, proshivka qilib beradi.
2. *#*#7780#*#* (sozlamalarni tiklash)
Telefondagi barcha maʼlumotlarni toʻliq oʻchirib yuborishni istamaganingizda bu eng yaxshi tanlov boʻlishi mumkin: bunda kod qurilmangizdagi barcha ilova maʼlumotlarini hamda barcha ilovalarni oʻchirib tashlaydi. Keyin u qurilmangizni zavodda chiqarilgan holatiga qaytaradi. Bu proshivka qilishdek uzoq vaqt olmaydi va mobil qurilmani chuqur tozalamaydi.
3. *#*#273282*255*663282*#*#* (media fayllarning zaxira nusxasini yaratish)
Eslab qolish qiyin boʻlsa-da, bu kod sizning media fayllaringizni tezda zaxiralashi mumkin. Agar telefoningiz zararli dastur bilan kasallangan boʻlsa va siz odatdagidek uning zaxiralash xususiyatiga kira olmasangiz, sizda hali ham fayllarni saqlash uchun muqobil mavjud.
Agar siz yetarlicha tez harakat qilmagan boʻlsangiz va baʼzi fotosuratlar zaxira nusxasini yuklashdan oldin oʻchirib tashlangan boʻlsa, tashvishlanmang. Bu kod Android qurilmadagi oʻchirilgan rasmlarni tiklashga yordam beradi.
4. *#06# (qurilma IMEIʼsini tekshirish)
Bu qurilmaning IMEIʼsi qutida koʻrsatilgan raqamiga mos kelishini tekshirish uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan yana bir muhim kod. Aksariyat zamonaviy smartfonlarning orqa tomonida IMEI boʻladi, agar siz uni haqiqiyligiga ishonch hosil qilishni istasangiz, ushbu kod yordamida uni tekshirishingiz mumkin.
5. *#*#1472365#*#* (GPS testini oʻtkazish)
Koʻpgina Android ilovalari va xizmatlari uzluksiz foydalanuvchi tajribasini taʼminlash uchun telefoningiz GPSʼisidan foydalanadi. Agar telefoningiz joylashuvi notoʻgʻri boʻlsa yoki umuman ishlamasa, bu koʻplab xizmatlar bilan muammo paydo qiladi.
Ushbu kod yordamida siz GPS Test menyusiga yoki Android GPS maʼlumotlariga kirishingiz mumkin. GPS bilan bogʻliq maʼlumotlarni tekshirishingiz va hatto GPS funksiyasi nima uchun ishlamay qolganligini aniqlash uchun testlarni oʻtkazishingiz mumkin.
Bundan tashqari, siz signal kuchi yoki joylashuv maʼlumotlari kabi qoʻshimcha maʼlumotlarni olasiz. Signal zaif boʻlsa, GPS aniqligiga taʼsir qilishi mumkin. Bunday holda, siz GPS joylashuvingizning aniqligini oshirish uchun bir nechta usullarni sinab koʻrishingiz kerak.
6. *#0*# (umumiy test rejimini faollashtirish)
Android telefoningiz koʻngildagidek ravon ishlamayaptimi? Bunga uchinchi tomon taʼsir oʻtkazayotganidan shubhalanayotgan boʻlishingiz mumkin; aytaylik turli xakerlik amallari yoki viruslar taʼsirida ishlashi susayayotgan boʻlishi ehtimoli bor. Ushbu kodni Android qurilmangizdagi turli xil xususiyatlarni koʻrsatadi, jumladan:
- Sensorli test.
- Old kamera.
- VEL.
- Ulash.
- Shtrix-kod emulyatori testi.
- Telefon versiyasi.
- RGB testi.
Bunda qurilma versiyasidan oldingi kameragacha, har bir modul alohida sinovdan oʻtkazilishi mumkin.
7. *#*#232338#*#* (MAC manzilini koʻrish)
MAC manzili deb nomlanadigan mediaga kirishni boshqarish manzili har bir qurilmada boʻladigan manzildir. U tarmoqqa ulanganda kompyuterni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Agar qurilmada MAC manzilini aldashga shubhangiz boʻlsa, qurilmadagi MAC manzilini koʻrishingiz va uning toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun uni tarmogʻingizda hisoblashingiz mumkin.
8. *#*#4636#*#* (batareyani, Wi-Fi va boshqa maʼlumotlarni tekshirish)
Bu qurilmangizdan batareya, simsiz LAN va qoʻshimcha maʼlumotlarni qaytaradigan foydali koddir. Masalan, u eng koʻp ishlatiladigan mobil ilovalar haqidagi statistikani koʻrsatishi, shuningdek, batareya sarfi va Wi-Fiʼdan foydalanish haqida batafsil maʼlumot berishi mumkin.
9. *#12580*369# (telefoningizning dasturiy va apparat taʼminotini tekshirish)
Operatsion tizim versiyasi yoki model tuzilishi kabi telefoningiz dasturiy taʼminoti va apparatiga tegishli maʼlumotlarni tekshirishingiz mumkin.
Agar siz ushbu turdagi maʼlumotlarga tezroq kirishni istasangiz, ushbu kod sizga dasturiy taʼminot va proshivka versiyasi, apparat hamda qurilma maʼlumotlari, batareya holati va maʼlumotlarini koʻrsatadi.
Aksariyat hollarda, agar muammo yuzaga kelsa, siz ushbu koddan telefoningizga tashxis qoʻyish uchun foydalanishingiz mumkin. Bunda koʻrsatilgan menyularga hech qanday oʻzgartirish kiritmaslikni tavsiya qilamiz, chunki bu vaziyatni yomonlashtirishi mumkin.
10. *#3282*727336*# (tizim va xotira maʼlumotlarini koʻrish)
Ushbu kod yordamida siz maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni ham koʻrishingiz mumkin. Mazkur USSD kodni ishga tushirish orqali siz qurilmaning ichki Android tizimi va mavjud xotira haqida aniq maʼlumot olishingiz mumkin.
11. *#67# (qoʻngʻiroqni boshqa raqamga yoʻnaltirishni tekshirish)
Agar qoʻngʻiroqlaringiz boshqa raqamga yoʻnaltirilayotganligini bilmoqchi boʻlsangiz, ushbu koddan foydalaning. Bu telefonda qoʻngʻiroqlarni boshqa raqamga yoʻnaltirish xizmati yoqilgan yoki yoʻqligini hamda agar boʻlsa, qoʻngʻiroqlaringiz yoʻnaltirilayotgan raqamni ham koʻrsatadi.
Android qoʻngʻiroq sozlamalariga oʻtish orqali ushbu sozlamani oʻzgartirishingiz mumkin.
12. *31# (qoʻngʻiroq qiluvchining identifikatorini oʻchirish)
Agar siz maxfiyligingizni saqlamoqchi boʻlsangiz va boshqalarga qoʻngʻiroq qilayotganingizni bildirmaslikni istasangiz, ushbu kod yordamida qoʻngʻiroq qiluvchining identifikatorini oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.
Agar siz qoʻngʻiroq qiluvchining identifikatorini qayta yoqmoqchi boʻlsangiz, kodni yana tering. Har safar qoʻshganingizda xizmatlar yoqilgan yoki oʻchirilganligi haqida xabar koʻrsatiladi.
13. *#*#34971539#*#* (kamera maʼlumotlarini koʻrish)
Bu kod sizga kameralar soni, maksimal masshtab, proshivka versiyasi va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan toʻliq kamera maʼlumotlarini koʻrish imkonini beradi. Mobil kameralar endi bir nechta modullarga ega ekanligini hisobga olsak, ushbu ketma-ketlik kamera proshivkasini buzish holatlarini aniqlashga yordam beradi.
14. *43# (qoʻngʻiroqni kutishni yoqish)
Qoʻngʻiroqni kutish birinchi qoʻngʻiroqni kutishga qoldirib ikkinchi kiruvchi qoʻngʻiroqqa javob berishga imkon beradi.
Aksincha, agar siz uni oʻchirib qoʻymoqchi boʻlsangiz, faqat kodni biroz oʻzgartirishingiz kerak; shunchaki #43# kiriting.
15. *#7353# (tezkor test menyusiga kirish)
Bu telefoningizdagi muammolarni aniqlash va tuzatish uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan yana bir kod. Tezkor test menyusi orqali siz qurilmangizning audio va tebranish komponentlarini sinab koʻrishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz ovoz va mikrofonning ishlashini tekshirishingiz mumkin.
16. *#*#4986*2650468#*#* (proshivka maʼlumotlarini tekshirish)
Bu proshivka maʼlumotlarini tekshirish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan qulay kod. Bu muhim xavfsizlik kodi, chunki siz undan qurilmangiz proshivkasi buzilganligini tekshirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Kod smartfon modeli, uskuna, radio va agar siz eski Android qurilmasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, hatto ishlab chiqarilgan sana kabi muhim maʼlumotlarni qaytarishga yordam beradi.
17. *#*#197328640#*#* (xizmat rejimini yoqish)
Androidʼdagi Utility Mode bir qator testlarni oʻtkazishga imkon beradi, jumladan dinamiklarni tekshirish, ekrandagi RGB kalibrlash, haptik va tebranish va boshqalar. Ushbu kod yordamida siz baʼzi tarmoq sozlamalarini ham oʻzgartirishingiz mumkin.
Maʼlumotlarni Android kodlari va xaklar yordamida himoya qiling
Android qurilmangizdagi maʼlumotlaringizni himoya qilish juda muhimdir. Android qurilmalari bir qator zararli dasturlarga qarshi turib berolmaydi, shuning uchun munosib antivirus dasturini oʻrnatish muhimdir. Antivirus maʼlumotlaringizni himoya qiladi va vaqti-vaqti bilan telefoningizni zararli dasturlarni tekshirib ular haqida ogohlantirib turadi.