Tesla Shanxayda akkumulyator zavodi qurmoqchi

Amerikaning Tesla kompaniyasi Shanxayda Megapack akkumulyatorlarini ishlab chiqaruvchi yirik zavod quradi.

Bu haqda kompaniya Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

Qurilish 2023-yilning uchinchi choragida, ishlab chiqarish esa 2024-yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Kompaniyaning Shanxayda avtomobil zavodi allaqachon mavjud.

Yangi obyekt Kaliforniyadagi Megapack ishlab chiqaruvchi zavodiga qoʻshimcha tarzda barpo etilmoqda, deb yozdi Mask. Dastlabki ishlab chiqarish hajmi yiliga umumiy quvvati taxminan 40 GVt/soat boʻlgan 10 000 ta akkumulyator batareyasini tashkil qiladi. Mahsulotlar butun dunyo boʻylab joʻnatiladi.

Megapack batareyalari elektr transport vositalari uchun emas, balki tarmoqqa ulangan energiyani saqlash uchun moʻljallangan. Tesla kompaniyasining fikricha, bunday akkumulyatorning bir marta zaryadlanishi oʻrtacha 3 600 ta uyni bir soat davomida quvvatlantirish uchun yetarli.

Oldinroq Giglink.uz Tesla elektromobili odamlarni maxfiy suratga olishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47