Sayyoraning eng boy odamlari nima yeb kun kechiradi?

Sakkizoyoqni xush ko‘ruvchi Amazon rahbari, olma va ochlik boshiga yetgan Stiv Jobs, fastfood bilan parhez qiluvchi Uorren Baffet va “qon chiqarib turadigan” Sukerberg…— milliarderlarning noodatiy ovqatlanish turlari haqida,

Koʻp pulga ega boʻlish doim ham qimmat restoranlarda ovqatlanish yoki sogʻlom parhezga rioya qilishini anglatmaydi. Baʼzi ishbilarmonlar murakkab diyetalar bilan tajriba oʻtkazadilar, boshqalari esa yakshanba kuni chizburger tanovul qiladi yoki oʻzi quymoq pishiradi.

Dunyodagi eng boy odamlarning kunlik taomnomasiga koʻz tashlagan Business Insider jurnalistlari Richard Branson, Jek Dorsidan, Uorren Baffet, Ilon Mask va boshqa koʻplab mashhur milliarderlar haqida maʼlumotlarni taqdim etdi.

Kuniga 20 piyola choy ichadigan Richard Branson

Virgin Group asoschisi Branson qora choysiz yashay olmaydi va kuniga taxminan 20 stakan qora choy ichadi.

“Men English Breakfast” choyisiz hayotimni tasavvur qilolmayman”, degandi u 2016-yilda Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Virgin Group asoschisi odatda kunini mevali salat va myusli bilan boshlaydi, yoki shunchaki baliq isteʼmol qiladi. U biznes uchrashuvlari koʻtarinki kayfiyatda oʻtishi uchun atayin tushlik vaqtiga toʻgʻrilaydi.

Branson, shuningdek, har doim oilasi bilan muloqot qilish uchun vaqt topishini, muntazam ravishda jismoniy mashq qilishini va soat 23:00da uxlab 5 da uygʻonishini taʼkidladi.

Amazon bosh direktori sakkizoyoqlarni xush ko‘radi

Jeff Bezos kunni ekzotik taomlar bilan boshlaydi.

Bir kuni ertalabki yigʻilish paytida tadbirkor sakkizoyoqqa kartoshka, bekon, yashil sarimsoq va qovurilgan tuxum buyurtma qilgan. Shundan keyin Bezos “sakkizoyoq shinavandasiga” aylanadi.

Business Insider
Business Insider

Milliarderning yaqin doʻsti Loren Sanches The Wall Street Journal nashriga, Bezos hech qachon shaxsiy murabbiyi bilan mashgʻulotlarni oʻtkazib yubormasligini va har yakshanba kuni ertalab quymoq pishirishini aytgan.

Bill Geyts, Microsoft asoschisi

Maʼlum boʻlishicha Geyts Diet Colaʼni juda yaxshi koʻradi va kuniga 3-4 marta ichadi.

2023-yilda Mishlen yulduzi bilan mukofotlangan oshpaz Jorji Kruzning aytishicha, bir kuni Bill Geyts butun boshli restoranni 2 kunga band qilib faqatgina diyetik kola ichib ketgan xolos.

Netflix hujjatli filmlar seriyasida Geyts tez tayyorlanadigan Tang kukunli ichimligini yoqtirishini aytgan.

Apple asoschisining olma va ochlikdan iborat parhezlari

Valter Ayzeksonning tarjimai holida aytilishicha, Stiv Jobs (1955-2011) baʼzan haftalar davomida bir vaqtning oʻzida faqat bitta yoki ikkita mahsulot isteʼmol qilgan. Bir qarasa sabzi va olmadan, boshqa payt esa faqat meva, sabzavotlar, yongʻoqlar, urugʻlar va dukkakli mahsulotlar bilan parhez qilgan.

Jobs doʻsti Ayzeksonga Rid kollejida oʻqib yurgan paytlari “goʻsht isteʼmol qilmaslikka qasamyod qilganini” va oxir-oqibat sut va hatto don mahsulotlarini ham toʻxtatganini aytgan.

Kitobda, shuningdek, Jobs baʼzan bir necha kun davomida atayin och qolib yurgan.

2003-yilda Jobsga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilganida, u mevali parhez unga yordam berishiga ishongan, ammo 5 yildan soʻng u oʻz diyetasiga baliq va boshqa proteinli ovqatlarni kiritgan. Oʻlimidan oldin u asosan suyuq parhezga rioya qilgan.

“Amerika bo’g’irsog’i” — Ilon Maskning parhez bilmas taomnomasi

“Agar ovqatlanmasdan koʻp ishlashning imkoni boʻlganida edi, men ovqatlanmasdim.” — degandi Ilon Mask Eshli Vensning tarjimai holida.

Milliarder odatda nonushtani oʻtkazib yuboradi yoki Mars yoki donat yeydi. Maʼlumki, ish vaqtida Mask juda tez ovqatlanadi — olib kelingan hamma narsani “besh daqiqada paqqos tushiradi”.

Tesla rahbari shirinliklarni juda yaxshi koʻradi. Oʻtgan oy u Twitterʼda har kuni ertalab donat yeyishi haqida yozgandi. Geyts singari, Mask ham Diet Cola shinavandasi.

“Qon chiqarib turadigan” Mark Sukerberg

2011-yilda Sukerberg faqat oʻzi oʻldirgan hayvonlarning goʻshtini isteʼmol qilishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, uning ratsionida echki, choʻchqa, tovuq va omar bor.

Parhez teri rangini o‘zgartiirb yuborgan Jek Dorsi

Twitter direktori 2012-yilda uning kundalik nonushtasi soya sousi bilan ikkita qattiq qaynatilgan tuxumdan iborat ekanligini aytgandi.

Ishbilarmon avvallari vegetarian boʻlgan, ammo beta-karotin (sabzi tarkibidagi apelsin pigmenti) ortiqcha boʻlganligi sababli uning terisi toʻq sariq tus olgan, shuning uchun 2013-yilda u paleo diyeta — qadimgi davrlarga xos boʻlgan taomlarni isteʼmol qilishni oʻz ichiga olgan ovqatlanish uslubiga oʻtdi. Bunda tozalangan shakar, don va qayta ishlangan oziq-ovqatlar mumkin emas.

2019-yilda Dorsi ish haftasi davomida kuniga faqat bir marta kechqurun ovqatlanishini va dam olish kunlari och yurishini aytdi. Bu unga diqqatini jamlashga yordam beradi. Biroq bu rejim karantingacha davom etgan.

“Burger va oreodan ajoyib parhez” — Uorren Baffet, Berkshire Hathaway bosh direktori

2015-yilda Uorren Baffet Fortune nashriga bergan intervyusida uning chorak qismini Coca-Cola tashkil qilishini aytgan. Shuningdek, u kartoshka tayoqchalari va muzqaymoqni yaxshi koʻradi.

Oʻz ratsioni borasida hazillashishni xush koʻradigan Baffet asosan McDonaldʼs gamburgerlari va Oreo pishiriqlaridan iborat parhezda yurishini aytib ham oʻtgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04
Bitcoin narxi tarixda ilk marta 77 ming dollardan oshdi
Ethereum narxi deyarli 3 ming dollarni tashkil etdi
Texnologiya
09 noyabr, 09:53
Samsung yangi buklanadigan W25 Flip smartfonini taqdim etdi
"Galaxy" qo'shimchasi yo'q, premium-klassdagi 1400 dollarlik smartfon.
Smartfon
08 noyabr, 17:29