Ilon Mask Dogecoin kriptovalyutasini manipulyatsiya qilishda ayblanmoqda
Investorlarning aytishicha, tadbirkorning xatti-harakati millionlab dollar yoʻqotishga olib kelgan.
Investorlar Twitter, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskni insayder savdosi va Dogecoin kriptovalyutasini qasddan manipulyatsiya qilishda aybladi.
Maskga qarshi huquqiy norozilik oʻtgan yilning iyun oyida boshlangan. May oyi oxirida sarmoyadorlar dunyodagi eng boy odamlardan biriga yangi ayblovlar qoʻyishdi — bu sud jarayoniga kiritilgan uchinchi tuzatishdir.
Investorlarning fikriga koʻra, ikki yil ichida Mask ataylab Dogecoin qiymatini 36 000% dan koʻproqqa oshirgan va keyin kriptovalyutaning qulashiga sabab boʻlgan. Shunday qilib, tadbirkor oʻziga va Tesla kompaniyasiga tegishli boʻlgan bir nechta Dogecoin hamyonlari orqali daromadli savdo qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan.
Hujjatlarda aytilishicha, Mask aprel oyida Twitter logotipini Shiba Inu itining Dogecoin maskotiga almashtirganidan keyin taxminan 124 million dollarlik Dogecoin sotgan, bu esa Dogecoin narxining 30 foizga oshishiga olib kelgan.
2023-yil mart oyida Maskning advokati Aleks Spiro daʼvoni asossiz deb hisoblab, daʼvoni rad etishni talab qildi. Advokatning taʼkidlashicha, fotosuratlar va qoʻllab-quvvatlovchi soʻzlarni nashr etishda hech qanday ayblov yoʻq.
Avvalroq Mask qisqa vaqt ichida dunyodagi eng boy odamga aylanib umumiy daromadi 192 mlrd dollarga yetgani haqida xabar berilgandi.