Gmail kompaniyalar uchun koʻk tasdiqlash belgilarini joriy qilmoqda

Google oʻzining Gmail elektron pochta xizmatida tashkilotlar uchun koʻk belgilarni joriy qildi. Ushbu parametr foydalanuvchilarga elektron pochta xabarlarida yuboruvchi manbaning ishonchliligini aniqlashga yordam beradi.

Moviy belgilarning chiqarilishi “Xabarlarni aniqlash uchun brend koʻrsatkichlari (Brand Indicators for Message Identification — BIMI)” xususiyatiga asoslanadi. Ilgari ushbu parametr kompaniyalarga oʻz logotiplarini elektron pochta xabarlariga qoʻshish imkonini berardi. Endilikda BIMIʼni qoʻllaydigan tashkilotlar avtomatik ravishda logotip o‘rniga koʻk tasdiq belgilariga ega bo‘ladi.

Tasdiqlash belgisi ustiga kursorni olib borganingizda, joʻnatuvchining rasman domen va brend logotipiga egaligi haqida maʼlumot paydo boʻladi.

Google elektron pochta autentifikatsiyasi foydalanuvchilarga spamni aniqlashga yordam berishini qayd etib, kompaniyalar “oʻz brendiga boʻlgan ishonchdan foydalanishlari” mumkin boʻlishini maʼlum qildi.

Shuningdek, yangi variant kiberfiribgarlikka qarshi kurashish imkonini beradi. Tegishli belgisiz taniqli kompaniyalardan olingan xatlar foydalanuvchilarda shubha paydo qilishi kerak.

Koʻk belgilar 3-maydan boshlab Gmail foydalanuvchilari uchun paydo boʻla boshladi. Ular mutlaqo bepul.

Avvalroq Twitter foydalanuvchilar va tashkilotlarga koʻk, kulrang va oltin rangdagi tasdiq belgilarini orqali foydalanuvchilarni tekshirishning bir necha darajalarini yoʻlga qoʻygan edi. Oltin rangdagi belgi oyiga 1000 dollar turadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23