Gmail kompaniyalar uchun koʻk tasdiqlash belgilarini joriy qilmoqda

Google oʻzining Gmail elektron pochta xizmatida tashkilotlar uchun koʻk belgilarni joriy qildi. Ushbu parametr foydalanuvchilarga elektron pochta xabarlarida yuboruvchi manbaning ishonchliligini aniqlashga yordam beradi.

Moviy belgilarning chiqarilishi “Xabarlarni aniqlash uchun brend koʻrsatkichlari (Brand Indicators for Message Identification — BIMI)” xususiyatiga asoslanadi. Ilgari ushbu parametr kompaniyalarga oʻz logotiplarini elektron pochta xabarlariga qoʻshish imkonini berardi. Endilikda BIMIʼni qoʻllaydigan tashkilotlar avtomatik ravishda logotip o‘rniga koʻk tasdiq belgilariga ega bo‘ladi.

Tasdiqlash belgisi ustiga kursorni olib borganingizda, joʻnatuvchining rasman domen va brend logotipiga egaligi haqida maʼlumot paydo boʻladi.

Google elektron pochta autentifikatsiyasi foydalanuvchilarga spamni aniqlashga yordam berishini qayd etib, kompaniyalar “oʻz brendiga boʻlgan ishonchdan foydalanishlari” mumkin boʻlishini maʼlum qildi.

Shuningdek, yangi variant kiberfiribgarlikka qarshi kurashish imkonini beradi. Tegishli belgisiz taniqli kompaniyalardan olingan xatlar foydalanuvchilarda shubha paydo qilishi kerak.

Koʻk belgilar 3-maydan boshlab Gmail foydalanuvchilari uchun paydo boʻla boshladi. Ular mutlaqo bepul.

Avvalroq Twitter foydalanuvchilar va tashkilotlarga koʻk, kulrang va oltin rangdagi tasdiq belgilarini orqali foydalanuvchilarni tekshirishning bir necha darajalarini yoʻlga qoʻygan edi. Oltin rangdagi belgi oyiga 1000 dollar turadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10