DVD disklari rasman oʻtmishga aylandi: Netflix 25 yillik DVD biznesini yopdi

Faoliyatini DVD yetkazib beruvchi kompaniya sifatida boshlagan Netflix DVD biznesini yakunladi. Seshanba kuni kompaniya 29-sentyabrgacha DVD.com sayti orqali eng soʻnggi disklarini yetkazib berishi haqida xabar bergan.

“Ajoyib 25 yillik tarixdan soʻng biz shu yilning oxirida DVD.com saytini yopishga qaror qildik”, — deyiladi Netflix blogida.

Xabarda taʼkidlanishicha, asosiy maqsad har doim foydalanuvchilarga eng yaxshi xizmatni taklif qilish boʻlgan, biroq biznes qisqarishda davom etar ekan, buni amalga oshirish tobora qiyinlashib bormoqda, shuning uchun uni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

1998-yildan beri Netflix 5,2 milliarddan ortiq disklarni yetkazib bergan va 40 million obunachiga ega boʻlgan. Kompaniyaning taqdim etgan eng birinchi diskida “Biltjus” filmi yozilgan.

Avvalroq Nokia kompaniyasi 60 yil deganda ilk bor logotipini o‘zgartirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17