Xiaomi o'zining Xiaomi SU7 deb nomlangan birinchi avtomobilini taqdim etdi.

Bu Porsche Taycan Turbo va Tesla Model 3 dan tezroq. Biroq avtomobil narxini e’lon qilmadi.

Xiaomi SU7 dunyodagi eng past tortish koeffitsienti Cd 0,195 boʻlgan kuchli va ekologik toza C sinfidagi sedan sifatida e'lon qilindi

Avtomobilining  bir nechta dvigatel konfiguratsiyasilari:

  • 299 ot kuchigacha bo‘lgan Xiaomi Super Motor V6
  • 374 ot kuchigacha bo‘lgan V6
  • 578 ot kuchigacha bo‘lgan V8 dvigatellarida taqdim etilgan.

Xiaomi va CATL tomonidan ishlab chiqilgan akkumulyator platformasi maksimal 101 kVt/soat quvvatni va 800 km gacha masofani ta'minlaydi. 800 Vt quvvatga ega HyperCharge zaryadlash tizimi akkumulyatorni atigi 5 daqiqada 220 km masofada zaryadlash imkonini beradi.

Avtomobil saloni 16,1 dyuymli 3K displeyga ega Qualcomm Snapdragon 8295 chipset va HyperOS operatsion tizimi bilan jihozlangan.

Old oynada 56 dyuymli HUD interfeysi ham mavjud. Interer Galaxy Grey, Twilight Red va Obsidian Black ranglarida taqdim etilgan.

SU7 ning tashqi dizayni BMW, MINI va Rolls-Royce modellari ustida ishlagan taniqli avtomobil dizayneri Kris Bangl tomonidan ishlab chiqilgan. 

Xiaomi avtomobilning ikkita versiyasini taqdim etdi: SU7 va SU7 Max, haydash, tezlashtirish, masofa va maksimal quvvat jihatidan turli xil xususiyatlarga ega.

Narxi va sotuvning boshlanish sanalari haqida hozircha ma'lumot yo'q.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47