Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi

Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.

U avvalroq bir necha marta Xitoy koʻchalarida sinovdan oʻtkazilayotgan vaqtda koʻzga tashlangan, biroq mashina ichki xususiyatlari, saloni borasida aniq maʼlumotlar yoʻq edi. 

CarNewsChina nashri Xitoyning Xiaomi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga tegishli birinchi avtomobilning yangi tasvirlari bilan boʻlishdi. Rasmlardan avtomobilni ham ichki, ham tashqi tarafini koʻrish mumkin.

Xiaomi SU7 kamuflyaj bilan qoplangan, ammo u ancha ochiq va elektromobilning xususiyatlarini berkitib turmaydi.

SU7 aerodinamik shaklga ega, eshik tutqichlari va nozik faralari bor. Sedanda egik kapot chizigʻi va old ustunlari mavjud.

Elektromobilning yana bir xususiyati — sariq tormoz supportlari boʻlgan besh qirrali gʻildiraklardir.

Xitoyda Xiaomi SU7 ni “yoshlarbop Taycan” deb atashmoqda.

Xiaomi SU7ʼning internetdagi ilk salon tasvirlariga kelsak,

Rul gʻildiragida haydash rejimlarini almashtirish tugmasi va Xiaomi yozuvi mavjud. Face ID sensori va uzatish korobkasi ham koʻrinadi. Xitoy manbalariga koʻra, mashina proyeksiyali displey (HUD) bilan jihozlangan.

Avvalroq Xiaomi oʻzining birinchi elektromobilining baʼzi xususiyatlarini ochib bergan edi. Shuningdek, Xiaomi SU7 ni aslida kim ishlab chiqarayotgani ham maʼlum boʻldi. Qanchalik hayratlanarli boʻlmasin, bu Xiaomi emas ekan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51