UzAuto Motors Tracker va Onix modellari yangilanishini maʼlum qildi

Yangi modellarda bir qator katta bo‘lmagan funksiyalar o‘zgaradi.

Autostrada

Giglink.uz oldinroq Chevrolet Onix va Tracker modellari sotuvi toʻxtatilgani haqida xabar bergandi. Spot nashrining maʼlum qilishicha, bu UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uchun yangi konfiguratsiyalar tayyorlayotgani bilan bogʻliq.

“Hozir biz yangi konfiguratsiyalar boʻyicha shartnomalar ochilishiga tayyorgarlik koʻryapmiz. Qaynoq variantlar va redline pozitsiyasi qoʻshiladi”, — dedi UzAuto Motors.

Shartnomalar to‘xtatilishi, oldin taxmin qilganimizdek, narxlar oshirilishi bilan bogʻliq, UzAuto Motors yangi variantlari qimmatga tushadi va bu avtosalondagi narxlarni oshirish uchun yaxshi bahona boʻladi, deyilmoqda ushbu manbalarda ham. Shunga ko‘ra, ikki taxminni ilgari surish mumkin:

  • Agar eski komplektatsiyalar sotuvga chiqarilmasa va yangilari qimmatroq narxda taqdim qilinsa, demak yangi opsiyalar shunchaki narx oshishini berkitish uchun bahona boʻladi xolos.
  • Narxlar oʻzgarishsiz qolishi va zavod avtomobillardagi muhim bo‘lmagan baʼzi funksiyalarni, masalan, avtomatik toʻxtash tizimlarini yoʻqotishi ham mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtgan yilning dekabr oyidan buyon byudjetli avtomobillar sotilmaydi. 2023-yil 4-yanvardan boshlab boshqa modellarning sotuvi ham bir necha haftaga toʻxtab qoldi, shundan soʻng Tracker va import qilingan modellar narxi oshdi.

Shundan kelib chiqib kompaniya iyun oyida shartnomalar berishni qayta yoʻlga qoʻymasa, buyurtmalarsiz qolishi aniq.

Soʻnggi marta Tracker narxlari 2023-yilning yanvarida koʻtarilgan, Onix Premier narxlari esa 2022-yil dekabr oyi oxirida eʼlon qilingan va mart oyida ikkilamchi bozorda sotuvi boshlangandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47