SpaceX uchar avtomobillari ishlab chiqilmasdanoq 3 ming dona sotildi

Model Aʼga hozirda atigi 150 dollar miqdordagi depozit bilan onlayn buyurtma berish mumkin.

SpaceX tomonidan qoʻllab-quvvatlangan uchar avtomobil startapi oʻzining futuristik eVOTL qurilmasini sotib olish uchun oldindan buyurtmalar yangi rekordga erishganini aytmoqda.

Alef Aeronuatics startapiga tegishli Alef Model A ikki oʻrindiqli uchar mashinasiga 2500 ta oldindan buyurtma olganini maʼlum qilgandi. Hozirda bu raqam 2850 taga koʻpaygan.

Kompaniya kutuviga koʻra, Model A uchar avtomobili sotuvga chiqarilgach 300 ming dollar foyda keltirishi taxmin qilingandi. Ayni paytdagi oldindan buyurtmalar sonini hisoblab, bu raqam umumiy qiymati 850 million dollardan oshadi.

Shuni yodda tutish kerakki, startapni Tesla kompaniyasining dastlabki investori Tim Draper va Elon Maskning SpaceX kosmik firmasi qoʻllab-quvvatlamoqda.

Model Aʼga hozirda atigi 150 dollar miqdordagi depozit bilan onlayn buyurtma berish mumkin. Depozit summasini istalgan vaqtda qaytib olish mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, Model A Aleph uchar avtomobil ishlab chiqayotgan kompaniyaning yagona mashinasi emas.

Startap shuningdek, 2035-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan toʻrt oʻrindiqli Model Z sedani ustida ishlamoqda.

Ushbu maxsus avtomobilning narxi ancha past — 35 000 dollar, bu pulga arzonroq elektromobil olish mumkin.

Model A Aleph uchar avtomobili hali boshlangʻich bosqichida, ammo uning kelajagi porloq boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47