Sergeli avtomobil bozoridagi eng hamyonbop inomarkalar

Mercedes-Benz 190 dan tortib Mazda 3 gacha boʻlgan modellarning ayni paytda sotuvdagi eng hamyonbop narxlari bilan tanishishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda borgan sari xorijiy avtomobillar koʻpayib bormoqda. Bunga rastamojka borasidagi kichik boʻlsada berilayotgan yengilliklar ham sabab boʻlmoqda. Quyida Repost.uz nashri maqolasi asosida Sergeli bozoridagi eng hamyonbop inomarkalar haqida batafsil maʼlumot beramiz.

Mercedes-Benz 190

Mazkur nemis markasi oʻz davrida juda mashhur edi. U 122 ot kuchiga ega, ikki litrli dvigatelga va mexanik uzatma bilan jihozlangan.

Holati oʻrtacha — 34 ni urib qoʻygan avtomobil yoshiga nisbatan yaxshi koʻrinishga ega. Kilometr haqida hech qanday maʼlumot yoʻq, chunki hisoblagich ikkinchi bosqichdan oʻtgan. Narxi 2 500 dollarni tashkil qiladi.

ZAZ Forza

Avtomobil 109 ot kuchiga ega bir yarim litrli dvigatel bilan jihozlangan. Quvvat bloki besh bosqichli mexanika bilan birlashtirilgan.

Ushbu Forza 2014-yilda chiqarilgan. Yurishi 128 ming kilometrni tashkil etadi. Mashina yaxshi holatda, narxi 6 200 dollar.

Mazda 3

Roʻyxatda keyingi oʻrinda yaponlarning ishonchli va afsonaviy modeli. Yoshiga nisbatan yaxshi holat va juda zamonaviy dizaynga ega. Avtomobil 105 ot kuchiga ega boʻlib, 1,6 litrli atmosfera dvigateli bilan jihozlangan.

Mashinaning holati aʼlo darajada. Anchayin yangi koʻrinadi va yaxshi brendni qadriga yetuvchi mashina ishqibozlari uchun qiziqarli tanlov boʻlishi aniq. Yurgan masofasi 215 ming kilometr, avtomobilning narxi esa 9 000 dollar.

Nissan Altima

Avtomobil 18 yil oldin chiqarilganiga qaramay, bugungi kunda ham hurmatga sazovor hisoblanadi. Model Nissanning Oʻzbekistondagi nisbatan koʻp uchraydigan konfiguratsiyalaridan biri hisoblanadi. Altima 175 ot kuchidagi 2,5 litrli dvigatelga ega.

Holat haqida gapirganda, mashina 2005-yilda chiqarilganligini taʼkidlash kerak. Jami yurishi 214 ming kilometrni tashkil etadi. Avtomobilning narxi — 9 600$.

Avvalroq Oʻzbekistonda Rang Rover sportkari eski Chevrolet Tracker narxida sotilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04