Oʻzbekistonlik yangi Chevrolet Trackerʼni namoyish qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzbekistonlik yangilangan Chevrolet Trax (Tracker) 2024-yilgi modeli aks etgan videosi paydo boʻldi.

Aftidan, video AQShda tasvirga olingan.

Avtomobil tashqi koʻrinishi jihatidan juda qiziqarli koʻrinadi, chunki unda odatiy dizayn elementlari kamroq boʻlib, mashina brutal, qoʻpolroq va haybatli koʻrinishga ega.

Hamyurtimiz mashinaning asosiy konfiguratsiyasini videoda koʻrsatishga harakat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, mashina lyuk yoki panoramali tom bilan jihozlanmagan.

Ichki tarafidan Tracker juda zamonaviy koʻrinishga ega, raqamli boshqaruv paneli va info-koʻngilochar displeydan tortib interyer dizaynining qiziqarli yechimlarigacha eng soʻnggi dizayn yechimlarida ishlab chiqilgan.

Agar texnik komponent haqida gapiradigan boʻlsak, mashina 137 ot kuchiga ega 1,2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Uning maksimal tezligi 185 km/soat, yuzlab tezlikka erishish esa atigi 8,8 soniyani oladi.

Video muallifiga koʻra, AQShda bu mashina 25 ming dollardan sotilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Ilon Maskning biz bilmagan 50 000 dollarlik kichkina uyi va kamtarona hayoti namoyish qilindi
Yaqinda Maskning tarjimai holini soʻzlab bergan Valter Ayzekson oʻzining Twitter sahifasida dunyodagi eng boy odamning kamtarona uyi haqida hikoya qildi.
Lifestyle
03 dekabr, 22:53
2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas
Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.
Smartfon
30 noyabr, 13:27
Oddiy komikslar yaratishga yordam beradigan 5 ta AI vositalari
Komikslar yaratishni istaydigan, lekin kerakli koʻnikmalarga ega boʻlmaganlar uchun eng yaxshi AI vositalarini quyida tavsiya qilamiz.
Lifehacker
27 noyabr, 12:20
Xiaomi elektromobilining real rasmlari birinchi marta internetda paydo boʻldi
Ancha vaqtdan beri muhokama qilinib kelinayotgan Xiaomi SU7 elektromobili ichki ko‘rinishi nihoyat ma’lum bo‘ldi.
Avto
25 noyabr, 13:25