O‘zbekistonlik avtobloger atigi 3 000 dollar turuvchi zamonaviy elektromobilni ko‘rsatdi

“Buni avtomobil deb atasa bo‘ladimi?” — avtobloger mittimobel hajmi va qulayligidan hayratlandi.

Xitoyda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik avtobloger Choynakning Qopqog‘i o‘zining instagramdagi sahifasida mitti elektromobilni namoyish qildi.

Blogerning ta’kidlashicha, mashina o‘lchamlari taxminan Tiko mashinasiga teng. Ammo faqatgina hajmi jihatidan Tikoga o’xshaydigan mazkur zamonaviy mittimobilning narxi 3 000 dollar.

“Buni avtomobil deb atasa bo‘ladimi?” — hazillashib so‘radi avtobloger mashina hajmidan hayratlanib. 

Bu pulga siz 110 kilometr zahira masofasi, sensor ekraniga ega zamonaviy jihozlar, Start/Stop tizimi, elektr oyna ko‘targichlari va anchayin ravon boshqaruvga ega bo‘lasiz.

Mutaxassis hatto mashina tezlikni pasaytirish lozim bo‘lgan joylardan xotirjam o'tishini va bu hatto sezilmasligini ham ta'kidladi.

Maksimal tezlig 45 km/soat. Sig‘imi: haydovchi bilan hisoblaganda 4 kishi. Mashina haqiqatan ham juda qiziqarli va ixchamligi bilan e'tiborni tortadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17
Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15