Oʻzbekistonda Tesla elektromobillarini qanday ijaraga olish mumkin?
Avto
12 mart, 09:45
Yurtimizda Teslaʼning eng taniqli 2 brendi: Tesla Model Y va Tesla Model 3ni ijaraga olish yoʻllarini aytib oʻtamiz.
O‘zi Tesla elektromobillarini ijaraga olish mumkinmi? Ha, albatta, faqat bunda turli shartlar, joy va muhlat cheklovi mavjud. Izlanishlarimiz natijasida Toshkent shahrida 2 ta joyda shunday xizmat taqdim etilishini aniqladik. Ularni shartli ravishda 1-ijara usuli va 2-ijara usuli, deb atagan holda koʻrib chiqamiz.
1-ijara usuli (Tesla Model Y uchun):
Bu yerda siz turli avtomobil rusumlari qatorida elektromobillarni ham ijaraga olishingiz mumkin.
Shartlari:
- Yosh cheklovi — 25 yoshdan yuqori
- Haydovchilik guvohnomasi (5 yildan kam boʻlmagan)

- Mashina uchun “zaklad” — 5 mln soʻm
- Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir masofa uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
- 1 kunlik narxi — 3 mln soʻm.
Biroq faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun amal qiladi.
Manba: cityrentcar.uz (instagram).
2-ijaraga olish usuli (Tesla Model 3 uchun):
Shartlari:
- Yosh cheklovi — 23 yoshdan yuqori
- Haydovchilik guvohnomasi (3 yildan kam boʻlmagan)

- Mashina uchun “zaklad” — 4 mln soʻm
- Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir km uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
- 1 kunlik narxi — 2 mln soʻm.
Biroq: faqat Toshkent shahri uchun amal qiladi.
Manba: luxcarrental.uz (instagram).
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya

Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar

Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle

Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya